Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: «Hazrati Pay-g‘ambarimiz huzurlarida bir odam namoz o‘qir edi. Odam namozdan so‘ng duo qilib, shunday dedi: «All`ohumma inn`iy as’aluka bi anna lakal-hamdu l`a il`aha ill`a Antal Mann`anu b`adi’us-sam`av`ati val-arzi, y`a zal-jal`ali val-ikr`om, y`a Hayyu y`a Qo‘yy`um». «Allohim, Sendan ushbular hurmatiga so‘raymanki, hamd Senga xosdir. Sendan O‘zga hech bir iloh yo‘qdir. Sen Mannonsan: mo‘l-ko‘l beruvchisan, osmonlaru yerni bemisl yaratgan Sensan. Ey jalol va ikrom egasi! Ey mavjudotga hayot berguvchi, ularning hayotini davom ettirguvchi Allohim! Duoyimni qabul ayla!» Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, bu duoni eshitib, shunday marhamat qildilar: «Alloh taologa ismi a’zami bilan duo qildi. Alloh, u ismining haqqi-hurmati, istasa, duoni qabul qiladi». * * * Sa’d ibn Abi Vaqqosdan (r.a) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: «Zunnun (Yunus) alayhissalom baliq qornida bunday duo qilgan: «L`a il`aha ill`a anta subh`anaka inn`iy kuntu minaz-z`olim`iyn». «Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen barcha nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87). Shunisi aniqki, bir musulmon biror narsa istab, bu bilan duo qilsa, Alloh qisqa paytda uning duosini qabul qiladi» (Termiziy. «Da’vat», 3505-hadis). Hazrati Oyisha (r.a.): «Bir kuni Alloh Rasulining, sollallohu alayhi va sallam, bunday duo qilayotganlarini eshitdim: «All`ohumma inn`iy as’aluka bismikat-t`ohirit-toyyibil-mub`arokil-ahabbi ilaykal-laz`iy iz`a du’iyta bih`i ajabta va iz`a su’ilta bih`i a’toyta va izas-turhimta bih`i rohimta va izas-tufrijta bih`i farrojta». «Allohim, Sening pok, chiroyli, muborak va Sen uchun eng sevimli va go‘zal bo‘lgan isming haqqi-hurmatiga Sendan so‘rayman. U isming-la duo qilinsa, qabul etasan. Uning hurmatidan Sendan bir narsa so‘ralsa, berasan. Uning hurmatidan marhamat istalsa, marhamat etasan. Uning hurmatidan Sendan qiyinchiliklardan xolos bo‘lish so‘ralsa, qutqarasan. G‘am-anduhlarni ketkazasan» (Ibn Moja. «Duo», 3859-hadis). Asmo binti Yaziddan (r.a.): «Janob Payg‘ambarimiz shunday marhamat qilganlar: Ismi A’zam ushbu ikki oyatdadir: «Va il`ahukum il`ahun v`ahid, l`a il`aha ill`a huvar-rohm`anir-roh`iym». «Sizning ilohingiz yakkayu yagona Tangridir. U mehribon va rahmli bo‘lib, Undan boshqa iloh yo‘qdir». (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis). Ikkinchisi «Ol-i Imron» surasining ilk oyatlaridir: «Al`if, l`am, m`im. All`ohu l`a il`aha ill`a huval-hayyul-qoy-y`um». «Alif, lom, mim. Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. U tirik va abadiy turuvchidir» (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).
MUSULMON KISHINING HAYOTI DAVOMIDAGI DUOLARI
:ISLAM IMAN
ISMI A’ZAM DUOSI
Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: «Hazrati Pay-g‘ambarimiz huzurlarida bir odam namoz o‘qir edi. Odam namozdan so‘ng duo qilib, shunday dedi: «All`ohumma inn`iy as’aluka bi anna lakal-hamdu l`a il`aha ill`a Antal Mann`anu b`adi’us-sam`av`ati val-arzi, y`a zal-jal`ali val-ikr`om, y`a Hayyu y`a Qo‘yy`um».
«Allohim, Sendan ushbular hurmatiga so‘raymanki, hamd Senga xosdir. Sendan O‘zga hech bir iloh yo‘qdir. Sen Mannonsan: mo‘l-ko‘l beruvchisan, osmonlaru yerni bemisl yaratgan Sensan. Ey jalol va ikrom egasi! Ey mavjudotga hayot berguvchi, ularning hayotini davom ettirguvchi Allohim! Duoyimni qabul ayla!»
Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam, bu duoni eshitib, shunday marhamat qildilar:
«Alloh taologa ismi a’zami bilan duo qildi. Alloh, u ismining haqqi-hurmati, istasa, duoni qabul qiladi».
* * *
Sa’d ibn Abi Vaqqosdan (r.a) rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam, shunday deganlar: «Zunnun (Yunus) alayhissalom baliq qornida bunday duo qilgan: «L`a il`aha ill`a anta subh`anaka inn`iy kuntu minaz-z`olim`iyn».
«Sendan o‘zga iloh yo‘qdir. Sen barcha nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) zulm qiluvchilardan bo‘ldim» (Anbiyo, 87).
Shunisi aniqki, bir musulmon biror narsa istab, bu bilan duo qilsa, Alloh qisqa paytda uning duosini qabul qiladi» (Termiziy. «Da’vat», 3505-hadis).
Hazrati Oyisha (r.a.): «Bir kuni Alloh Rasulining, sollallohu alayhi va sallam, bunday duo qilayotganlarini eshitdim: «All`ohumma inn`iy as’aluka bismikat-t`ohirit-toyyibil-mub`arokil-ahabbi ilaykal-laz`iy iz`a du’iyta bih`i ajabta va iz`a su’ilta bih`i a’toyta va izas-turhimta bih`i rohimta va izas-tufrijta bih`i farrojta».
«Allohim, Sening pok, chiroyli, muborak va Sen uchun eng sevimli va go‘zal bo‘lgan isming haqqi-hurmatiga Sendan so‘rayman. U isming-la duo qilinsa, qabul etasan. Uning hurmatidan Sendan bir narsa so‘ralsa, berasan. Uning hurmatidan marhamat istalsa, marhamat etasan. Uning hurmatidan Sendan qiyinchiliklardan xolos bo‘lish so‘ralsa, qutqarasan. G‘am-anduhlarni ketkazasan» (Ibn Moja. «Duo», 3859-hadis).
Asmo binti Yaziddan (r.a.): «Janob Payg‘ambarimiz shunday marhamat qilganlar: Ismi A’zam ushbu ikki oyatdadir: «Va il`ahukum il`ahun v`ahid, l`a il`aha ill`a huvar-rohm`anir-roh`iym».
«Sizning ilohingiz yakkayu yagona Tangridir. U mehribon va rahmli bo‘lib, Undan boshqa iloh yo‘qdir». (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).
Ikkinchisi «Ol-i Imron» surasining ilk oyatlaridir: «Al`if, l`am, m`im. All`ohu l`a il`aha ill`a huval-hayyul-qoy-y`um».
«Alif, lom, mim. Alloh — Undan o‘zga iloh yo‘qdir. U tirik va abadiy turuvchidir» (Abu Dovud. «Solat», 1496-hadis).