Комментарии
- 27 дек 2014 18:50Sirojiddin Yuldashev 👑o`qib chiqdizmi
- 27 дек 2014 18:56Sirojiddin Yuldashev 👑qandey klass
- 27 дек 2014 18:56Sirojiddin Yuldashev 👑
- 27 дек 2014 18:59Sirojiddin Yuldashev 👑
Для того чтобы оставить комментарий, войдите или зарегистрируйтесь
New York City (Интересные факты) ✔
New Yorkning yangi yil ramziga aylangan ulkan shar haqida!
(net tarmoqlaridagi maskur shar haqidagi birinchi o`zbek tilidagi maqola)
Times square barchamiz yaxshi biladigan, New York cityning eng gavjum va turistik maskani hisoblanadi. Har yilgi yangi yil oqshomida esa aynan shu maskanga butun new york axli yig`iladi desam adashmayman. statistik malumotlar shuni ko`rsatadiki, Yangi yil oqshomida bu maskanda salkam, 2 mingdan ortiq turistlar, shaxar ahli yig`ilar ekan. Times Square binosining ostonasiga esa sahnalar, rang barang chiroqliy saxna bezaklari o`rnatilar ekan. uncha katta bo`lmagan maskur sahnada esa har yili dunyoning eng eng mashxur sanatkorlaridan tuzilgan bayram dasturi namoish etilar ekan. namoishlar esa kunduzgi uzundan uzun bayram Paradi bilan boshlanar ekan. Yilning eng esda qolarliy multfilm qaxramonlari,oppoq oylar, madacaskar qaxramonlari, mecki mauselar, kino qaxramonlari, va albatta son sanoqsiz Santalar va Qor maliklari niqoblari va insonni hayratga soluvchi kiyim boshlarini kiyishgan holda, ulkan yasatilgan mahsus ochiq mashinalarda, piyoda jonliy orkestor bilan times squarega tashrif buyurishar ekan.
Bayram saxnasida ham yon atrofda ham bayram archasiga ko`zingiz tushmaydi. nega deganda, mana yuz yildan oshibdiki Times Squareda bu kuni bayram archasi bezatilmas ekan. 1907 yilda bu maskanda yangi an`ana boshlangan ekan. Ya`niykim, Times Square binosi uzunligidan tashqari, 23 metrlik ulkan yangi yil Shari (halq tilida Orzular Shari) nomini olgan Shar eski yilni kuzatib yangi yilni kutib olish uchun, aynan 23:59 da osmonu falakka bino ustida 23 metr balandlikka kutarilar ekan. bu esa bayramning eng kuliminatsion nuqtasi hisoblanar ekan. yangi yil kirib kelishiga, yaniy soat millari 23:59 bulganida Times Squarega yig`ilgan 2 ming odam bor ovozi bilan sanashni boshlar ekan. Yangi yilni esa haqiqiy Amerikalikar o`z yoridan bo`sa olish bilan boshlaydi. shuning uchun ham bu oqshomda Times Square maydoni 24:00 da bo`sa olayotgan yoshu qariga to`la bo`lar ekan. Yangi yil kirib kelishi bilan Times Square binosidan yuzlab salyutlar, bir so`z bilan aytganimizda mushakbozlik boshlanar ekan. Balan binolardan maydonga har hil rangdagi mayda qog`ozchalar yog`dirishar ekan, buning ham ma`nosi bor deydi suxbatdoshim, 14 yildan buyon New Yorkda yashab, bugungi kunda esa Chicagoda o`zining shaxsiy biznesni olib borayotgan asli O`zbekistonlik Akbar Ali Jamolov: Bu rangliy qog`oz parchalri, yangi kelgan yil rang barang o`tsin, orzularimiz ro`yobu shular kabi yorqin va ko`p bo`lsin degan manoda bayram nishonlanadi.
- Darxaqiqat do`stlarim, dunyo go`zal, barcha go`zalliklar, ajoyibotlar esa insonlar uchun axir. sizu bizni ham anashunday ajoyibotlarga yetkazsin. New York City (Мир Прекрасен) dan uzoqlashmang!