�Qal'ayi

sulaymon� afsonasi: Sulaymon
payg`ambar o`ziga yaqin bo`lgan
parilardan birini jazolash
maqsadida h�ch kim
yashamaydigan uzoqdagi cho`lu-
biyobonlardan biriga olib borib
tashlashni amr etibdi. Sulaymon
d�vlaridan biri bu buyruqni
bajarishi lozim ekan. D�v �lkasiga
parini mindirib uzoq vaqt uchib
yurgandan so`ng qum
sahrosidan o`tib changalzor,
botqoqlik, ko`llardan iborat joyni
tanlabdi. Bu o`lka Xorazm ekan.
Parini �lkasida olib
k�tayotgan d�v, parini s�vib
qoladi va u bilan oila quradi.
Ulardan farzandlar tug`iladi va
ular Xorazmliklar d�b yuritilibdi.
Shuning uchun bo`lsa k�rak,
tarixiy asarlarda Xorazm yigitlari-
d�v sifat, pahlavon qizlari esa
parisifat oqila d�ya ta'riflanadi.
Ancha vaqt o`tgach,
Sulaymon amr qilgan d�vidan
sado (yo`q bo`lib k�tganiga)
chiqmagach, d�v va parini
topishga amr qiladi. D�v iziga
tushgan ayg`oqchilar, bo`lgan
voq�ani Sulaymonga �tkazishadi.
Sulaymon g`azablanib o`z ko`zi
bilan ko`rish uchun o`lkaga
k�ladi va d�hqonchilik,
chorvachilik va baliqchilik bilan
shug`ullanib yurgan xalqni
ko`radi. Sulaymon ularni ishga
solib qal'a qurishni amr qiladi.
Umuman olganda, Hazorasp
qal'asining paydo bo`lishi haqida
yuqoridagi afsona bilan
mazmunan bir bo`lgan, faqat
talqin qilinishida farq qiluvchi
boshqacha hikoyalar ham
mavjud. Masalan, Sulaymon
Alayhissalom parilardan birini olis
sahroga eltib tashlashni d�vga
buyurdi. Yo`lda d�v parini s�vib
qoladi. Ular biri-birisiz
yasholmaydigan oshiq-
ma'shuqqa aylanadilar va murod
hosil etadilar. D�v o`z s�vikli
yoriga atab sahroda ulkan qasr
bunyod etadi. Ular ko`payib
k�tishgach, o`zlariga mahobatli
qal'a qurib oladilar. O`zining
shamol ustiga qurilgan taxtida
sayr aylagan Sulaymon
payg`ambar qal'ani ko`rgach,
jazolashga buyurilgan parini va
d�vni avf qilib, ularni va ulardan
tarqalgan ko`p sonli avlodlarni
bunyodkorlik ishlari uchun
oqlagani sabab bu go`zal
maskanga Sulaymon qal'asi nomi
b�riladi. Qal'aning eng baland
joyiga qurilgan d�v solgan
saroyining ayrim hujra-bandlari
hamon savlat to`kib turibdi.
Mahalliy aholi o`rtasida
tarqalgan afsonalarning birida
umuman boshqacha ma'lumotlar
ko`rsatiladi. Masalan, afsonaga
ko`ra, qal'a Amudaryodan �r
ostiga suv olishga� mo`ljallab
qurilgan bo`lib, daryo bilan u
�maxfiy yo`l� (obi duzd) orqali
bog`langan. Shuning uchun, qal'a
suv bilan, ichidagi quduqlar
orqali ta'minlangan. Shu suvning
o`zi qal'a atrofida �r ustiga ham
chiqadi. Haqiqatdan ham
qal'aning ichki atrofidagi uni
o`rab turgan joyga qaraganda
5-6 sm baland, l�kin
quduqlardagi suvning sathi qal'a
sathiga juda yaqin turadi.�
Boshqa bir afsonada
Sulaymon payg`ambar o`zining
shamol ustiga qurilgan taxtida
Xorazmga uchib k�libdi va bazmi
jamshid uyushtiribdi. Ziyofatga
m�hmon bo`lib k�lgan pari qizlar
qanotli tulporlarini muqaddas
giyoh-isiriq tomiriga boylabdilar.
Ziyofat uzoq davom etibdi.
Otlarga esa h�ch kim
qaramabdi. Natijada otlarning
qorni ochib isiriqlarni �gan va
oqibatda mast bo`lib qolishgan.
Buni ko`rgan��� Sulaymon
payg`ambar darhol otlarni
yashirishga, parilarni esa shu
makonda qoldirib erga b�rishga
hamda qal'a qurishga amr qilibdi.
Buni ilmiy asoslantiruvchi
fikrlarini izlashdan oldin boshqa
bir shunga yaqinroq hikoyani
aytib o`tish joiz. Unga ko`ra
qal'ani bahaybat d�v qurgan
emish. D�v suv ichgani k�luvchi�
mingta qanotli otlarni hiyla bilan
qo`lga kiritadi. Shundan bo`lsa
k�rak, Hazorasp - �Ming otliqlar�
diyori d�b ham noto`g`ri talqin
qilinadi.
Agarda biz bu (Hazorasp -
�Ming otliqlar� diyori) fikrga
asoslansak, Sosoniylar davrida
shakllangan fors tilida uchrovchi
so`z d�b qarashimiz k�rak,
vaholanki fors tilining to`liq
shakllanish davri milodiy III-V
asrga taalluqli d�yish bilan
kifoyalanamiz. Bu hol haqqoniy
tarixni bilishga to`siq bo`lib qoldi.
Hazorasp so`zi �Av�sto� bilan
t�ngdosh ekanligi har jihatdan
ilmiy asoslarga ega ekanligini
tarix ko`rsatmoqda. H�ch
ikkilanmay aytish mumkinki
bundan 2700 yil oldin yozilgan
�Av�sto� da tilga olingan qal'a,
aholi markaziga aylanguncha
ham kamida I-III asr k�rak
bo`ladi. Chunki kichik aholi
markazlari bunday kitobda
kamdan-kam kiritilish ehtimoli
bor. D�mak, qal'a ham yirik aholi
markazlaridan biri bo`lgan bo`lsa
ajab emas.

Комментарии

Комментариев нет.