Xajnoma

Ey, shaxri Makka, tuprogi tillo,
Baytul muqaddas, xonayi Ollo,
Bir bor ko'ray dib, xaqqa tavallo
Qildim yetishdim, alhamdulilloh!
Ey, uy muborak- dardimga darmon,
Yording necha yil konglimga armon,
Pokiza maskan, ey, qoni iymon,
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Tangri Toollo qodru xoliq,
Qaddimni kordi exromga loyiq,
Armonda qoldi qancha xaloyiq
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Og'zimga tegdi suv- Obi"zam-zam".
Bo'ldi quvonchdan yuzu-kozim nam,
Olib boroyin dostlarimga ham,
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Ey, pok Madina-ikkinchi xaram,
Rasul tufayli bolding muxtaram,
Parvardigorim korsati karam
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Berdim salomlar Rasulillohga,
Shukurlar etdim yiglab Ollohga,
Bermam bu kunni zarga, tilloga
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Men bir Xudoning xas bandasiman,
Xasu g'ubordan past bandasiman,
Baxtidan bu kun mas bandasiman
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Yeglab kelgandim, kulib qayturman,
Iymon nuriga to'lib qayturman,
Go'dak kabi pok bolib qayturman
Senga yetishdim, alhmdulilloh!
Qilding musulmon ey xaq, Xudoyim,
Ikki xaramni nasit et doim,
Rizqimni yana qo'shgin iloyim
Senga yetishdim, alhmdulilloh!
Xamdu sinolar Ollohga mudom,
Senga yo'llayin duoyi alom,
Senga yetishdim, alhamdulilloh!
Ilohim hammamizaga Xaj qilish nasib aylagan bosin!

Комментарии