BETAKROR SHAHZODA HAQIDA

Zilola Bahodirovna Musayeva, (28 iyul, 1979 da tug'ilgan) — o‘zbek pop qo‘shiqchisi.
Zilola Musayeva 28 iyul kuni tavallud topgan.
* Burji: Arslon
* Onasi: Maya Musayeva — Filolog (rus tili va rus adabiyoti o‘qituvchisi)
* Otasi: Bahodir Musayev — Faylasuf fanlari doktori
* Akasi: Erkin Musayev — Tadbirkor
* O‘g‘li: Yorie Salih — maktab o‘quvchisi.
Zilola 1980 yildan to 1987 yilgacha otasining Moskvada o‘z ish faoliyatini yuritganligi sababli butun oila azolari bilan u yerda turishgan. 1987 yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5- sinfgacha u 80 — o‘rta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 — gimnaziya maktabiga o‘tkazildi. Aynan shu yerda u Natella dugonasi bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing do‘stligi boshlangan. 1997 yilda u alo baholar bilan maktabni bitirdi. 1999 yili Kiyev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa san'ati ustun olib u o‘qishni tashlab yubordi. Shu yili taniqliy aranjirovshik hamda kompozitor Vagiv Zokirov Zilola bilan Natellaga «JONIM» guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida «O‘tib ketadi» deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Songra yangi hitga aylangan «Qarama ko‘zlarimga» deb nomlangan qo‘shig‘iga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi. 2000 yilda «JONIM» guruhi o‘z faoliyatini tugatdi. 2001 yildan boshlab «Tarona Records
kompaniyasi Zilola Musayevaga o‘z ish faoliyatini Shahzoda tahallusi ostida davom etirish taklif qilindi. Shu kungacha Shahzoda «Tarona Records» kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Shu vaqtgacha «Tarona Records» kompaniyasi Shahzodaning 3 ta yakkahon konsert dasturini «Xalqlar Do‘stligi Saroyida» o‘tkazgan. Bugungi kungacha uning 4 ta audio albomi sotuvga chiqarilgan. [tahrir] Sovrinlari 1. «Tarona Taqdimoti — 2003» marosimining — «Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi» hamda «Yilning eng yahshi ayol qo‘shiqchisi» nominsiya sovrindori. 2. «Tarona Taqdimoti — 2004» marosimining — «Yilning eng yaxshi albomi» nominsiya sovrindori.
3. «Tarona Taqdimoti — 2004» marosimining — «Yil qo‘shig‘i» nominsiya sovrindori. Hozirgi kunda u o‘zining 5-albomi ustida tinimsiz ish olib bormoqda. Shahzoda oxrigi paytlarda Yevropa, Ukraina, Qozog'iston va Rossiyada ko'plab konsertlar taqdim etmoqda. U o'tgan yili Farg'onada Rossiyaning eng mashxur qo'shiqchilaridan biri DJ SMASH bilan konsert berdi. Konsertdan tushgan mablag' Farg'onadagi bolalar uyi xisobiga o'tkazildi. Shahzoda farzandi va onasi bilan istiqomat qiladi. Uning o'g'li hozir 13 yoshda vayaqin kunlarda yana bir farzandili bo'ldi. Shahzodaning hayirli ishlarida va ijodida ulkan omadlar tilab qolamiz. Doimo shunday go'zallik uni aslo tark etmasin!

BETAKROR SHAHZODA HAQIDA  - 595290975751
  • Шахзода - ORZULAR

Комментарии

Комментариев нет.