Erkak (Yigitlar) yoqtirmaydigan 8 xil ayollar

Erkaklar siz haqizda…
1.ISH BIRINCHI O'RINDA.
Bunday ayollar mavqei uchun har ishga tayyor bölishadi,oila esa ular uchun ikkinchi darajali
bölib qoladi.
Unga hatto,yarim tunda
qöng'iroq qilib maslahat
sörashlari,körsatma olishlari mumkin.Bunday ayollar boshqarishni
yoqtirishadi.Doimo yuqorida bölishni istashadi.Undan biroz hayqishlarini,tobe bölishlarini xohlashadi.Er esa u bilan baxslashish ham qörqadi.Shunday ayol bilan turmush qurganlar köpincha mehrni chetdan izlay boshlashadi.
2."OVCHI" AYOLLAR.
Bu gözal,didli,erkakni bir
qarashdayoq öziga rom eta
oladigan ayoldir.Uning maqsadi bitta: tezroq turmushga chiqish. Niyatiga yetganda esa birdaniga özgaradi. Öziga qaramay qöyadi,hatto eriga befarq böla boshlaydi.
3."QOR MALIKASI".
Ular köpincha juda gözal
bölishadi.Yigitlardan öz
maqsadlari yölida
foydalanishda ustasi
farang.Qattiqqöl va tadbirli.U na hayotdan,na muhabbatdan lazzat oladi.
4."ONAXON".
Yaxshi beka,ona,xotin.Ovqatlantirishmi,
kir yuvishmi,bolalar bilan dars qilish deysizmi - barchasiga ulguradi.Qizig'i
shundaki,köpincha bunday
ayollar oila xöjayinlarini
be'etibor qoldirishadi.
5."HECH KIM" XONIM.
Erining barcha istaklarini
bajarishga tayyor,doimo erining fikrini maqullaydi.Erini yoqotishdan qörqib uning chizgan chizig'idan chiqmaydi va bora bora hech kimga aylanadi.
6.XUDBIN AYOLLAR.
Faqat özlarini deyishadi.Oq narsani bila turib qora
deyishadi.Bunday ayollar hech kimning fikrini
mensimaydi.Erkak kuchkli bölsa uni tashlab ketadi,landovur bölsa,umrining oxirigacha u bilan qiynalib yashaydi.
7.INJIQLAR. Ayolga noz qilish yarashadi.Biroq buning ham me'yorini bilish kerak.Aks holda,ayol injiq,deb sanalishi mumkin.Injiqlar esa tabiiyki
hech kimga yoqmaydi.
8.ZERIKARLI AYOLLAR.
Faqatgina özi yoki turmush
tashvishlari,ovsinlar,qöshnilar haqida gapiradigan ayollar tez
zeriktiradi. Erkakning qiziqishi haqida gaplashishga tayyor
turgan xotinning sadaqasi
ketsang arziydi.
Tema haqida fikringiz qanday ?

Комментарии