Yomg’irdan qutilib qorga, yohud tavbasiz ketgan jonlar…

Bugun mulohaza yuritmoqchi bo’lgan masalam o’tmishda, bugunda uzluksiz yuz berib kelgan va doim davosiz qolgan dard bo’lgan illat- o’z joniga qasd qilish masalasidir. Alloh taolo Niso surasining 29-chi oyati davomida shunday deb marhamat qiladi: “ O’zlaringni o’zlaring o’ldirmanglar, Alloh albatta sizlarga mehribondir”. Ming afsuslar bo’lsinkim, huddi boshqa Allohning qaytariqlari, ogohlantirishlariga sarkashlik qilgandek, bu oyatga ham amal qilmaslik tez tez uchrab turgani achchiq bo’lsa haqiqat. Taqdirdan qochmoqchi bo’lib, Allohning qadariga sabr qila olmay, oniy hissiyotlarga berilib, mastlikda, turli holatlarda o’z joniga qasd qilayotganlar qancha. Bular hamma, ham yoshlar, ham kattalar o’rtasida uchrab turibdi. Ho’sh ularni bu og’ir gunohga nima itarmoqda? Keling shu haqida bir aql yuritib ko’raylik. Avvalo bu gunohi kabiraga qo’l urish sabablaridan ba’zilarini aytib o’taman. 1. Avvalo iymon sustligidan, 2. Qadarga ishonmaslikdan, 3. Bu ish og’irdan og’ir gunoh ekanligini bilmaslikdan, 4. Sabrsizlikdan, 5. Hissiyotlari oldida o’ta zaifligidan….Endi bu so’nggi chorani qo’llashga majbur qiladigan ba’zi bir omillardan tilga olib o’taman: Sharmandalikdan, nomusi toptalishi oqibatida, bir jinoyat qilib qo’yib javobgarligidan qochish maqsadida, qarzdorlik oqibatida, o’zaro oilaviy janjaldan so’ng erga, hotinga, yoki boshqa oila a’zolariga achchiq qilib, ba’zan arzimagan narsalar sabab bo’lib, eng asosiysi: musibat etganda, sinovga duch kelganda sabr qilolmay shaytoni lain vasvasasiga uchish oqibatida o’z joniga qasd qilinadi. Go’yoki bu dunyo azobidan qutiladi. Aslidachi? Aslida aksi bo’ladi, yomg’irdan qutildim deb qor bo’roniga, tosh bo’roniga yo’liqadi. Olamlar oftobi, janob Rasululloh sallollohu alayhi vasallam Sobit ibn Dahhaq roziyallohu anhudan keltirilgan rivoyatda aytadilar: Kimki o’zini biror narsa bilan o’ldirsa, qiyomat kunida ana shi narsasi bilan azoblanadi. Buhoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Shuningdek Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy sallollohu alayhi vasallam aytadilar: Kimki o’zini tog’dan pastga tashlasa, Jahannam o’tida abadiy pastga qulab boraveradi, kim zahar ichib o’zini o’ldirsa Jahannamda abadiy o’zini zaharlashda bardavom bo’ladi, kimki o’zini temir bilan o’ldirsa ana shu temiri bilan o’zini abadiy jarohatlab boradi va abadiy Jahannamda qoladi. Buhoriy, Muslim rivoyati… Eng yomoni, eng achinarlisi shundaki, agar inson hayotiy dunyoda juda og’ir gunoh qilsa ham, so’ng astoydil tavba qilsa, Alloh Mehribon, Rahiym, G’ofur Zot, albatta tavba qilgan gunohkor bandasini kechirishi mumkin. Lekin oz’ini o’zi o’ldirgan kishi, katta gunohni qilib, Alloh Qur’onda qaytargan ishni qilib, halok bo’lib qanday tavba qiladi!!!???? O’ldiyu u!!! So’nggi qadami gunohi Kabira bo’ldiyu!!! Oniy sinovga sabr qilmagan, Jahannamni abadiy oloviga qanday chidaydi endi? Oddiy bir erini, qaynonasini, ota onasini salgina qattiq so’ziga chidolmagan Jahannam farishtalarini dag’aldan dag’al muomalalariga abadiy qanday chidaydi? Birgina bandadan qarzini uzishga sabri etmagan abadiy Jahannamda bu gunohi uchun qarzini azob uqubat bilan to’lashga qanday sabri etadi endi???? Fikr qil ey inson, ey mo’min jigarim, muslima singlim, nima bo’lganda ham bu dunyo foniy, oniy. Ohirat esa abadiy, rostdir! Abadiy azobdan qo’rq, bu dunyoniki esa azob emas, faqat sinovdir, imtihondir. Sinovlarga sabr qilganlarga esa Allohning go’zal va’dalar bordir, Jannatida rohati bordir!
Aziz birodarim, muhtarama singlim! Shu o’rinda yana bir muhim narsani aytib o’tmoqchiman. Bir insonni o’z joniga qasd qilishida, albatta sizu bizni ham oz “hissa”miz bor. Keling, bir birodarimizni umriga zomin bo’lmaylik desak uni aybini ko’rganda hammaga tarqatib ovoza qilmaylik, blutuzlarimiz bilan ularni halokatga itarmaylik, toki nomusdan o’zini o’zi o’ldirmasin! Keling, qarzi bor birodarlarimizga sahovatli, haliym bo’laylik, toki qarzni to’lolmaslik g’amidan qutulish uchun o’zini o’zi o’ldirmasin! Keling ey erlar, otalar, onalar, qaynonayu qaynotalar! ayolimiz, farzandimiz, kelinlarimizga shirinso’z bo’laylik, mehribon bo’laylik, toki janjalimizdan bezib, gaplarimizga chidolmay aziz umrin o’z qo’llari bilan hazon qilmasin! Keling ey azizlarim, mehribonlarim, bir birimizga oqibatli, muruvvatli, mehribon bo’laylik, toki jamiyatimiz vakillarini hech birida eng so’nggi chora- o’z joniga qasd qilishga o’rin qolmasin! Bilasizmi eng yomoni nimada, Alloh ko’rsatmasin, bir inson boshqa bir insonni o’z joniga qasd qilishiga sabab bo’lsa, to umrini ohirigacha bu hasratni birovga aytolmay, bir kishini umriga zomin bo’lganidan vijdoni umrbod tirnalib o’tadi, qalbidan halovat yo’qoladi, uyqusida orom qolmaydi, asosiysi ibodatlaridan hushu’ ko’tariladi. Shunday holatdan Alloh barchamizni asrasin! Alloh barchamizni hidoyatga boshlasin, qalblarimizni iymon nuriga to’ldirib ikki dunyo saodatini bersin, adashtirmasin, adashganlar qavmidan qilib qo’ymasin, Amiyn!

Yomg’irdan qutilib qorga, yohud tavbasiz ketgan jonlar… - 544598107345

Комментарии

  • 19 янв 2014 19:12
    :-( Allohning o'zi asrasin va kechirsin gunoxlarimizni !
  • 19 янв 2014 19:13
    Amin
  • 19 янв 2014 19:20
    Оллохим шайтон васвасасидан асрасин иймон билан кетишликка етказсин
  • 19 янв 2014 20:23
    G'azotlarni birida bir sahobiy juda kuchli jang qildi, o'ngidan, chapdan kelgan kofirlarni er tishlatdi, qilichi tinmasdi, lekin o'zi ham juda ko'p joyidan yaralandi, jang tugagach og'riqlaru jarohatlarga chiday olmay qilichini o'ziga urdida jon berdi. shunda sahobalar shahid bo'ldimi deb deyishdi. yo'q dedilar rasululloh sollallohu alayhi vasallam, u Jahannamdadir dedilar. islom yo'lida, Alloh yo'lida shuncha jang qilib, qancha mushrikni yo'q qilgan, sahobiyni oqibati shu bo'lsa, mastlikda, benamozlikda, qarzdorlikda joniga qasd qilganlarni holi ne kechishi mumkin, Alloh Bilguvchidir. Alloh bunday oqibatdan asrasin!
  • 19 янв 2014 20:24
    ollohimdan ularni gunohlarini avf qilishini sorayman
  • 19 янв 2014 20:58
    Яратгандан каттик умид килинг хаккига дуо килаверинг ноумид шайтон
  • 19 янв 2014 21:08
    buni bilmadik
  • 19 янв 2014 21:09
    Umuman kechasi yurishni o`zi hosiyatli emas
  • 20 янв 2014 11:40
    Biz fatvo berishga qodir emasmiz. Iloj topsak so`rab beramiz.
  • 6 ноя 2016 16:52
    Lekin inson tuxmatni qanday yengadi yuragi qanday kötaradi. Man kötarolmasdm bardosh ham qilolmiman...