Sevgi – xatda naqadar go’zal! Dili – ayon, ruxsori – tiniq. Gar qog’ozga tushgan besayqal, Ishq selidan ko’zlari tinib. Sevgi – xatda naqadar sodda, Unutgandir o’tmish alamin. Yuragini shoh bilan zotga, Topshirmoqchi butun olamni. Sevgi – xatda naqadar yaqin, Qalamga sir pichirlagan lab. Go’yo hozir portlaydi – chaqin... Lablarimda o’tdan qolgan taft. Sevgi – xatda qanday barhayot... Tugab borar sabru bardoshim. Yirtamanu – yetmaydi sabot, Yoqamanu – tinmaydi yoshim. Усмон Азим
♥ Shiringina azobimsan♥
:ᅟ ᅟ
SEVGI - XATDA NAQADAR GO'ZAL!
Sevgi – xatda naqadar go’zal!
Dili – ayon, ruxsori – tiniq.
Gar qog’ozga tushgan besayqal,
Ishq selidan ko’zlari tinib.
Sevgi – xatda naqadar sodda,
Unutgandir o’tmish alamin.
Yuragini shoh bilan zotga,
Topshirmoqchi butun olamni.
Sevgi – xatda naqadar yaqin,
Qalamga sir pichirlagan lab.
Go’yo hozir portlaydi – chaqin...
Lablarimda o’tdan qolgan taft.
Sevgi – xatda qanday barhayot...
Tugab borar sabru bardoshim.
Yirtamanu – yetmaydi sabot,
Yoqamanu – tinmaydi yoshim.
Усмон Азим