S E V O L M A D I M-<<

Bedorlikda o'tib ketdi, qancha umrim,
Taqdirning bu shartlariga chidolmadim.
CHimildiqda ko'ksimga bosh qo'ygan yorni.,
Ammo sizni sevganchalik sevolmadim..
Hovlimizda Farishtadek tovlanadi,
Yorim deya poyiga gul to'sholmadim.
Siz bermagan mehrni u bersahamki.,
Ammo sizni sevganchalik sevolmadim..
Kundan kunga ko'payadi guvohlarim,
Hamon o'sha xis tuyg'udan kecholmadim,
Qarshimdagi sevgiga zor
Farishtani.,
Ammo sizni sevganchalik sevolmadim..
Titroq bosar goh-goh meni erkalasa,
Faqat seni xayol surib erkaladim.
Mehr so'rab yillar o'tib zor yig'lasa.,
Ammo sizni sevganchalik sevolmadim..
Ko'zlarim ko'r, quloqlarim eshitmaydi,
Mensiz hatto non ham unga tatimaydi.
Aytingchi, u Farishtada ayb nimaydi.,
Nega sizni sevganchalik sevolmadim..
Nega unga men mehribon bo'lolmadim..?!

Комментарии

Комментариев нет.