SIZ MENING KECHIKKAN MUHABBATIMSIZ!

Siz mening kechikkan muhabbatimsiz,
Koʻnglim sabogʻiga kech qolgan tolib.
Yurak vaslingizni istab tursa xam,
Ishqimning ustidan or-nomus gʻolib.
Siz mening kechikkan muhabbatimsiz,
Qahraton koʻngilda ungan chechagim.
Koʻnglim kitobiga qismatim bitgan,
Umiddan yaralgan ezgu ertagim!
Siz mening kechikkan muhabbatimsiz,
Izn ham, imkon ham bera olmayman.
Qordan unib chiqqan boychechagimsiz,
Bahordan uyalib tera olmayman.
Siz mening kechikkan muhabbatimsiz,
Armonlar yurakka tuzar shajara.
Qoʻlimni uzatsam sizning tomonga,
Yillar oʻrtamizga toʻsar panjara.
Siz mening kechikkan muhabbatimsiz!

Комментарии

Комментариев нет.