Chiyabo'ri;

( шокол )
bo'ridan ikki barobar kichik bo'ladi. Tana uzunligi 71-81, dumi 19-21sm. Og'irligi 10-12kg. Yungi sarg'ish-kulrang. Tanasining yuqori tomonidan qora chiziq o'tgan. O'zbekistonda Amudaryo to'qaylarida, Sirdaryoning, Chirchiq daryosining qo'yi va o'rta oqimlarida, Ohangaron atrofida, Qashqadaryo va Surxandaryo va ularga yaqin bo'lagan yerlarda yashaydi. Ularni Xorazm, Buxoro, Samarqand va Toshkent atrofida ham uchratish mumkin. Tog'larda 1100m balandlikgacha bo'lgan hududa uchraydi. Chiyabo'ri — tungi yirtqich bo'lib, kamdan-kam kunduzi ko'rinadi. To'qaydagi o'simliklar orasida, uyalarda, qabristonlarda, makkajo'xori yoki paxta dalalarida yashirinadi. Yerda uya quradigan qushlar va ularning tuxumlari bilan oziqlanadi. Ayniqsa chiyabo'ridan tustovuqlar va tuvoqlar katta talofat ko'radilar. Chiyabo'ri yana baliqlar, toshbaqalar, quyonlar, kaltakesaklar, kemiruvchilar, qurbaqalar va hasharotlarni ovlaydi. O'laksalar bilan ham oziqlanadi. Ba'zan bu yurtqich mevalar va maymunjonlar bilan oziqlanadi. Tarvuz, qovun va boshqa dala o'simliklari bilan oziqlanib, zarar keltiradi. Aprel oyida chiyabo'rilar ko'payadi. 2-3mli uya juda sodda qilib qurulgan bo'ladi. Tez-tez bo'rsiqlar va tulkilar uyalaridan ham foydalaniladi. Bir urg'ochi chiyabo'ri 4 tadan 7-9 tagacha yangi avlodni dunyoga keltiradi. Ular ikki yoshli bo'lishgach, voyaga yetgan hisoblanadilar.

Chiyabo'ri;( шокол )
 - 805127158548
Chiyabo'ri;( шокол )
 - 805127170068

Комментарии