Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri.

Farg`ona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % o`zbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahr iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi. Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkazildi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Lar gi shaxri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shaxar Hozirgi Marg'ilon shaxriga tog'ri keladi va bu shaxar 2700 yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi. Marg'ilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar 10-asrga ta'alluqli. Oʻsha davrlarda shahar "Margʻinon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Marg'ilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar "margʻ" — "maysazor", "oʻtzor"dan deb taxmin qiladilar. M. "murgʻ" va "yunon" soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratniig "Tarixi Fargʻona" qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 y.da asos solingan. Arxeologik topilmalar M. oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, 10-asrda u katta qishloq boʻlganligini, 11 — 12- asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold "Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham Marg'ilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da Marg'ilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida M.ga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan M. aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. M.ning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, M.da doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 y.da rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. M.da oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. M. 1876—1926 y.larda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan. 1927 y.da M.da birinchi pillakashlik f-kasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad z-dlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik z-di, taxta tilish sexi, poyabzal f- kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 y.da badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida "Atlas" firmasi vujudga keldi (1976 y.dan "Atlas" i.ch . birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). "Turonshoyi", A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, "Fargʻonasut", yogʻochsozlik korxonalari mavjud. "Doʻstlik— Margʻilon" qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, "Margʻilon" mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. M.da hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, "Istiqbol" gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, "Shoyi" kompaniyasining ipakchilik in-ti faoliyat koʻrsatmoqda. 12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, "Nurxon" xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. "Al Hidoya" xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi. M. vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. "Margʻilon haqiqati", "Turon shoyisi" gaz.lari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va b. tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. "Atlaschi" va "Turon" stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui ("Kaptarlik", 18-a. oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-a.ning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-a. boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-a. oxiri) va b. saqlanib qolgan. Marg'ilonda buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va b. bir qancha mashhur kishilar ijod qilganla

Комментарии