9 сен 2016

Bizni tashlab ketdi Otamiz

Yuragim bir zumga to’xtadi go’yo
bunchalar beshavqat bo’lmasa dunyo
qaniydi bo’lsaydi barchasi ro’yo
Naxotki yo’q endi bizning Otamiz?
Boshini ko’tardi chiya bo’rilar
arslonning malayi bo’lgan cho’rilar
Janoza o’qishdi bugun qorilar
nahotki yo’q endi bizning Otamiz?
Ko’zimda yosh bilan yozildi baytim
vujudim qaqshaydi jimirlar etim
O’zbegim yig’lagin qoldingku yetim
Naxotki yo’q endi bizning OTAMIZ?
Bizlarni kimlarga ketdingiz tashlab
Barchani qalbini ketdingiz g’ashlab
O’zbekiston qoldi ko’zini yoshlab
Naxotki yo’q endi bizning OTAMIZ?
bas endi yozishga yetmas bardoshim
ko’zimdan to’xtamas alamli yoshim
Alloh rozi bo’lsin sizdan Yurtboshim!
Qalblarda saqlaymiz sizni Otamiz!

Комментарии

Комментариев нет.