Sen yozni kunidayam yengi uzun ko'ylak kiygan bolani ko'rsang, kulasan.

Lekin bilmaysanki, uni qo'lida otasi qoldirgan jarohatlar bor... Ko'ylagi yirtilgan qizni ko'rsang, kulasan. Lekin bilmaysanki, uning oilasida yeyishga non yo'q. Ular qiziga qaydan olishsin kiyimni... Sen bir qizga boq, u har marosimlarda kuladi. Lekin bilmaysanki, uyiga borib onasi yo'qligidan tongga qadar yig'lashini... Endi bu qizga boq, yaxshilab boq. Bilasanmi, u uyiga nega mehmon chaqirolmaydi? Onasini uradigan piyonista dadasini hech kim ko'rmasin deb... Sinfda uy vazifasini bajarolmagan, u o'quvchiga boq. Uning dadasi yo'q, kecha kechasi bilan vokzalda yuk tushirgan, oilasini boqaman deb... Sen esa uni dangasa deb o'ylading... Bu hayotda hech kimni tanimasdan muhokama qilma... Kim bilar, kimni ichida nelar bor... Kim nimadan iztirobda. Har bir insonni xuddi sendek o'ziga yarasha bir tarixchasi bor, unutma...!

Комментарии