9 мар 2016

Hayotim.....

Sog’indim… Nega meni yaxshi ko'rasiz? – degan savollaringni. Sog’indim… Har kech o’tgan samimiy suhbatni. Sog’indim… Uzun salom berib quvnoq kulishlaringni. Sog’indim… Beg’uborligingni, hech hafa qilmas so’zlaringni, samo mukammal yaratgan husningni, ta’riflab bo’lmas, doim ayb qidirganda ojiz qoladigan xislatlaringni. Sog’indim… Derazadan osmonga termulib hayol surishingni, yomg’irni kutishingni, yomg’irda esa yo’qotgan narsasini topib olgan odamdek quvonishingni. Sog’indim… O’sha ilk uchrashgan joyimizni, uchrashuv joyimizda birga o’tirishimizni, Sog’indim… Yo’l uzoq bo’lsada, yayov yurishni, Sog’indim… Bir avtobusni ikkinchi, uchinchi marta kelganini ham o’tkazib yuborib bekatda suhbatlashib o’tirishni.Sog'indim vaqt erta bölsada erta borishni, Sog’indim... yo’l– yo’lakay aytmoqchi bo’lgan gaplarimni yodlab olishni, seni ko’rgach hammasini unutib qo’yishni. Sog’indim… Alamli bo’lsada, qo’ng’iroq qilib, yig’lab, dardlaringni ishonib ayta olishlaringni. Sog’indim… Sog'indim...BIRDONAM..!

Комментарии