11 мая 2023

Juda ham o‘zgarding, o‘zgardim men ham,

Endi talpinishlar o‘tmishda qoldi.
Sog‘inib kelmaysan, kutmayman men ham,
Yurak ham hijronga ko‘nika oldi.
Sen sokin yashaysan, baxtiyor, xurram,
Biroq men ham ortda yashamayapman.
Yelkamda tosh tashib horidi hayot,
Men hatto chekishni tashlamayapman.
“Baxtli bölgin” deysan, “baxt topgin” deysan,
Qarshingda jilmayib qo‘yishga shayman.
Meni deb shunchalar g‘am chekib tursang,
Men qanday tamaki chekmay yashayman?!

Комментарии

Комментариев нет.