Onajon Onajon bu galgi yurak so'zimni

Senga bag'ishladim senga azizam
Yo'q-yo'q so'zim emas balki o'zimni
Senga bag'ishladim senga yolg'izim
Sen meni yaratding raxmat ONAJON
Hadya qilding meni yorug' olamga
Yaratding bag'ringdan bag'ishlading jon
Ko'zimni to'ldirding nuru ziyoga
Qancha so'qmoqlardan o'tding yetaklab
Oshno qilding meni xayotga elga
Bazan izlaringdan bordim emaklab
Boshlading sen meni insoniy yo'lga
Bazan sen parvona men chiroq bo'ldim
Sen chiroq bo'lganda bo'ldim parvona
Koyisang yig'ladim erkalasang kuldim
Shul sayin bag'ringda ulg'aydim ONA
Senga ekki qo'llab talpindim doyim
Bazan belanchakdan bazan beshikdan
Men senga intildim sen esa menga
Skukr qilay dunyoda Onam boriga
Qo'llarim ko'ksimda qilaman tazim
Axir sen qalbingdan jon berding menga
O'zingdan o'zimman ko'zingdan ko'zim
Dunyoda ko'z yumib tamom o'tguncha
Derlarki derlarki Onaning ko'ngli bolada
Nafas ololmaydi ONA farzandsiz
Derlarki derlarki bolaning ko'ngli dalada
Nafas olarmikan farzand ONASIZ
Bazan beparvaroq bo'ldim ONAJON
Seni tashlab ketdim yeroqqa bazan
Begona yurtlarda yurdim xar zamon
Faqat sen chidading achchiq firoqa
Ming qullug' odamni tanitding menga
Bag'ri keng ufqsiz dunyo ekansan
Kel bag'rimga bosay ey nuru diydam
Oppoq peshonangdan o'pay volidam
Senga tazim qilsin zaminu zamon
Sen bunga xaqlisan ey nuri diydam
Qanidi tabiyat qo'lidan kelsa
Abadiy etolsa sening umringni
Roziydim Onajon iloji bo'lsa senga qo'shib bersa mening umrimni
Bir kechalik allangning xurmati uchun
Yuz yillik umrimni bag'ishlasam kam
Ko'chirsam qalbinga qalbimning kuchin Qarzim uzulmasdan qolur shunda xam
Moboda bo'lsaydim zo'r haykaltarosh
Senga yuragimdan yasardim haykal
Yo agar bo'lsaydim mo'y qalam maqqosh
Surating chizardim belimning sayqal
Oralab olibdi sochlaringa oq
Ol mening sochimning qoralarini
Tishlaring tushibdi ursinmi biroq
Ol mening tishimning saralarini
Xiralashib qolmish ko'zlaringda nur
Ko'zlarim nurini olgin ONAJON!!!

Комментарии