13 мар 2014

Kimlarnidir kirib postiga,

Aylanib eng sodiq do‘stiga,
Keyin oyoq qo‘ygan yuziga,
Senga do‘stlik qilarmikin u?
Odam qadrin bilarmikin u,
YAxshilikni tilarmikin u,
YArim yurtga pand bergan shayton,
Senga do‘stlik qilarmikin u?
U shundayin zoti nokaski,
SHunchalaram nazari paski,
Ko‘ngil nima bilmaydi chunki,
Senga do‘stlik qilarmikin u?
Bolasidan manfaat kutgan,
Otasiga har kun tosh otgan,
Xotiniga onasin sotgan,
Senga do‘stlik qilarmikin u?

Комментарии

Комментариев нет.