17 янв 2015

ERKAK YIG'LAYDI......

Ezgu orzulari bo'lganida puch,
Ayol xiyonatiga kelganida duch.
Nafsini yengmoqqa topolmasa kuch,
Alamdan ezilib erkak yig'laydi.
Xaqiqat olovdir yolg'on bir shisha,
Xaq gapni aytmoqdan qilmam andisha,
Qizi nogox bo'lib qolsa foxisha,
Xammadan yashirib erkak yig'laydi,
Cheksiz xasratlarga qolganda botib,
Ayriliq dog'ini ko'rganda totib.
Bolasin tobutin qolsa ko'tarib,
Yurakdan o'kirib, erkak yig'laydi.
Xizmat qilolmasa tikib jonini,
Rozi qilolmasa otajonini.
Tuproqqa qo'yganda onajonini,
Uyalmay bo'kirib erkak yig'laydi.
Do'sti sotib ketsa og'ir kunida,
Dardkashi bo'lmasa aslo yonida.
Omadi chopmasa ish maydonida,
Bir chetga o'tirib, erkak yig'laydi.
Shayton quchog'ida yotsa bolasi,
Vijdonin iblisga sotsa bolasi.
Qariyalar uyiga otsa bolasi, Ajalin
chaqirib, erkak yig'laydi.
Xaromni tanlasa xalol turganda,
Navqiron yoshligin uvol qilganda.
Qirq do'sti bo'lmasa qirqqa kirganda,
Chin dildan o'rtanib erkak yig'laydi. Choyxonada o'tkazgan bo'lsa umrin,
Xech masjid tomonga burmasa yo'lin.
Bir kuni tushunsa adashganligin,
Umriga achinib erkak yig'laydi.
Toshdan ham qattiqdir yetimlik noni,
Taqdirida bo'lsa sag'irlik oni.
Ming bir azoblarda qolganda joni,
Ko'ngliga suyanib erkak yig'laydi.
Maylaru sharobga bo'lsa u oshiq,
Jirkanch odatlargam yashasa sodiq.
Nom qozonolmasa ablaxdan ortiq,
Bir kuni og'rinib erkak yig'laydi.
Xech ham baxt ko'rmasdan bir kuni oxir,
Og'zim oshga yetdi deganda asl.
Ajal sari "ketdik" desa azroil,
"E vox", deb baqirib, erkak yig'laydi..... S.Bahtiyor

Комментарии

  • 4 мая 2015 17:03
    Kimsa yetolmas omadga chekmasa dard.
    Alamli azopli yo'llarda qolaylik bulib mard.
    Ko'ngilda asra saqla sevging tegmasin gard.
    Ey singlim baxtliman de ki xudo yana bersin.
    Kurash tuwma tuwkunlik qirdobiga.
    Yakkamas do'stu yoron sen bilan birga.
    Yana ne sinovlar tayyorladi bizga taqdir.
    Singlim siqilma nazar tashlama ortga
    Harkimning ham borar joyi qabr.
    Qilmiwlar qolmas jazosin tortar barbir.
    Kuzing yum, quling bo'lsin ko'ksingda deki((YANA BIR CHIMDIN SABR)):-):-):-)
  • 5 мая 2015 12:19
    Akajon raxmat sizni gaplarizni unitmayman
  • Комментарий удалён.
  • 10 июл 2015 03:50
    Shamol olib ketsin olib quymasin. Bulut misol erkalab bizdan darixx tutmasin. .....
  • 22 авг 2015 08:23
    Eng avvollo kim buliwdan qattiy nazar Olloxim insof bersin barchaga vijdonni,mexr muxabbatni,unutib ybormaylik,ota onamizni asrab avaylaylik xech kimni bowiga siz ezgan misralar tuwmasin.
  • 22 авг 2015 08:27
    aytganiz kelson omin lekin kelib bulgan bulsachi??? yuzi kulsayam bag'ri ezilib kuz yowini ichiga yutgayotganlar kup..
  • 26 сен 2015 11:07
    Xa tugri
  • 26 окт 2015 05:26
    Ha aka yurakdan birontasi urdimi deyman
  • Комментарий удалён.
  • Комментарий удалён.
  • Комментарий удалён.
  • 14 июн 2016 14:29
    Анигини блардим уша куни тел килганимда тугилган кунингиз еканлигини акажон нимаики ниятларингиз булса оллохдан барча ниятларизга йетказишин сурайман хурмат ила сизни узига йакин фариштаси диб билучи йакин дустингиз.
  • 14 июн 2016 18:01
    Nimadir qilishga imkonimiz bor,
    Yurakda sof tuyg'u iymonimiz bor.
    Yonaylik dunyoda,to jonimiz bor,
    Yurak urmoqdami yashamoq kerak!
    Dunyoga kelmoqlik katta baxt erur,
    Niyat toza bo'lsa ezgu ahd erur,
    Ota-onang bori toju taxt erur,
    Yurak urmoqdami,yashamoq kerak!
    Cho'qqilarni zabt etmoq uchun ham,
    Ko'nggil topib ash'or bitmoq uchun ham,
    Maqsadlar tomonga yetmoq uchun ham,
    Yurak urmoqdami,yashamoq kerak!
  • 14 июн 2016 19:55
    Гап нест офарин
  • Комментарий удалён.