7 янв 2020

Izohsiz

Tishing chiqdi sutin emib
Ona deding kulib-kulib
Bugun esa katta bo'lib
Onangga baqiryapsan
Do'stga so'zing muloyim
Chin do'sting onang doim
Boshqalar bari xoin
Onangga baqiryapsan
Yoringni etib ardoq
Deding Ko'zing ko'zmunchoq
seni kim sevar ko'proq?
Onangga baqiryapsan
Bilmaymi yo qasdingdan
Sochida oq dastingdan
Uyalmaysan aybingdan
Onangga baqiryapsan
Ko'zi namgin seni deb
Yuzi ajin seni deb
Umrini bo'lding-ku yeb
Onangga baqiryapsan
Sizga tanbeh qildim ko'p
Menda ham gunoh to'p-to'p
Onajon kechiring xo'p
Sizga ko'p baqiryapman...

ΠšΠΎΠΌΠΌΠ΅Π½Ρ‚Π°Ρ€ΠΈΠΈ

ΠšΠΎΠΌΠΌΠ΅Π½Ρ‚Π°Ρ€ΠΈΠ΅Π² Π½Π΅Ρ‚.