6 ноя 2018

Rosa oshib ketdiku,

O'qituvchining oyligi,
Sandiqlarga sig'armikin,
Shuncha topgan boyligi!!!
Bundan keyin ustozlar,
Kaptivada yurarmish,
Bir etaj uyni buzib,
Ikki etaj qurarmish!!!
Tushlikda ham yo shashlik,
yoki grill yeyishar,
Mastava va lagmonni,
Nima o'zi u deyishar!!!
Maktabning oldi har kun,
Mashinaga to'larkan,
Kutubxonachi Sparkiga,
Joy ham yetmay qolarkan!!!
Kecha uch-to'rt o'qituvchi,
Galaxy S9 oldi,
Maktabda J 5 ishlatadigan,
Bitta qorovul qoldi!!!
Hammayoqda duv duv gap,
Hamma hayron hamma lol,
O'qituvchilar dollardan,
Kassa o'ynar bemalol!!!
Kimyo fani o'qituvchisi,
O'tgan kun to'y qildi qarang,
San'atkor ko'p, Sherali,
Bir dona qo'shiq aytdi arang!!!
O'qituvchilar boy bo'lsa,
Juda qiziq bo'larkan,
Hayoldagi bu gaplarga,
Ishonib ham qolarkan!!!😆

Комментарии

Комментариев нет.