30 ноя 2014

Baxt nima?

Bolalikdagi beg'ubor o'yin-kulguga boy bo'lgan damlarmi?
Baxt nima?
Ilk bor maktabdan alo baxo olib uydagilarga ko'z-ko'z qilib quvontirganingmi?
Baxt nima?
Maktabni tamomlab, mustaqil hayotga qadam qo'yganingmi?
Baxt nima?
Doimo ota-ona duosini olib ularni rozi qilishmi?
Baxt nima?
Ilk bor sevgi nima ekanligini anglab yetganingmi?
Baxt nima?
Bir ishni boshini tutib keyin, esa sevganing bilan birga bo'lishmi?
Baxt nima?
Ota yoki ona bo'lganligingni his qilishmi?
Baxt nima?
Farzandlaring baxtini ko'rishmi?
Baxt nima?
Hech qanday armonsiz bu dunyoni tark etishmi?
Bularning hammasi ham baxt.
ENG OLIY BAXT ESA DUNYOGA KELGANINGNI O'ZI...!!! (aks holda shuncha baxtni ko'ra olmagan bo'larding)

Комментарии