Onamga she'r yozsam yozolmayapman, Ko'z yoshim yozuvni yuvib ketiyapti, Musofir do'stlarim men bilolmayapman, Bugun kim onasini sog'inmayapti?

Shu pulning ishqida dunyo keziyapmiz Ba'zida yig'lab, ba'zan kuliyapmiz, Bir mushtipar bizni uyda kutiyapti Ayting kim onasini sog'inmayapti? Har kun ishdan qaytganimiz mahal, Yoki uyg'onsangiz erta tong sahar, Kim sizni onangizdek kutib oliyapti? Kim bugun onasini sog'inmayapti? Ko'z oldimdan ketmas ma'yus yuzlari, Mehrdan yonadi onam ko'zlari Bizni kutib tuni bedor o'tiyapti, Shundek onani kim sog'inmayapti? Men bugun onamni yomon sog'indim, Sog'inchdan ko'z yoshlarim daryo bo'liyapti, O'zimcha she'r yozib biroz yozildim, Ayting kim onasini sog'inmayapti? Onajonim yopgan nonni sog'indim, Onamla o'tgan har onni sog'indim, Onasini sog'ingan farzand yoziyapti, Ayting kim onasini sog'inmayapti...???

Комментарии

Комментариев нет.