1 фев 2018

Goho yoshlik qilib qalbingiz tildim,

Kechiring mendayin farzandingizni.
Olis yurtlarda men qadringiz bildim,
Onajon sog'indim, sog'indim sizniHar tong issiq non yo'q dasturxonimda,
Oromim yo'q na kunim, na tunimda.
Garchi shuncha yaqinlarim yonimda,
Onajon sog'indim, sog'indim sizniHayolimdan ketmas har-bir so'zingiz,
Tushimda ko'raman nurli yuzingiz.
,,Bolam- qayda bo'lsang omon bo'l" deysiz,
Onajon sog'indim, sog'indim sizniOmadim, baxtimni so'rab xudodan...
Bilaman, qo'lingiz tushmas duodan,
Qanday qarzim uzay siz mehridayodan?
Onajon sog'indim, sog'indim sizniXayot o'z yo'lida etadi davom,
Baxtimga sog'-omon bo'ling avvalom,
O'g'lingizdan sizga sog'inchli salom,
Onajon, sog'indim sizni

Комментарии