Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar. Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman. Bag`ri-dilim kuydiradi yolg`onlari, Yonlariga chorlar mphi-tobonlari. Bo`lsam agar men bitta qurbonlari, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman. Ko`hna dunyo, bu qizlaring muncha go`zal, Qarab tursam, ko`klarda oy-kuncha go`zal. Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal!.. Yuragimni yo`lbarslarga yediraman. Hozir ko`zim yumamanu yerga yotib, Yuragimni sug`uraman qon yig`latib. Yo`lbarschalr yesin uni kasirlatib — Yuragimni yo`lbarslarga yediraman. Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim, Ko`z o`ngimda bo`laqolsin tilim-tilim. Harom bo`lsin muhabbatsiz ko`rgan kunim, Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Nurali Narziyev
Suluvlardan suluv bir qiz sochim silar,
Mening esa ko`zlarimdan yosh tomchilar.
Sevaman deb aldar meni yolg`onchilar,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Bag`ri-dilim kuydiradi yolg`onlari,
Yonlariga chorlar mphi-tobonlari.
Bo`lsam agar men bitta qurbonlari,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Ko`hna dunyo, bu qizlaring muncha go`zal,
Qarab tursam, ko`klarda oy-kuncha go`zal.
Qancha go`zal bo`lsa, aldar shuncha go`zal!..
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Hozir ko`zim yumamanu yerga yotib,
Yuragimni sug`uraman qon yig`latib.
Yo`lbarschalr yesin uni kasirlatib —
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.
Kimni suysam suyganimdan kuygan dilim,
Ko`z o`ngimda bo`laqolsin tilim-tilim.
Harom bo`lsin muhabbatsiz ko`rgan kunim,
Yuragimni yo`lbarslarga yediraman.