Gullarga pul raqib bo'ldi, Do'llar barin ta'qib qildi.

Valyutchiklar kulib deydi: ,, Aka dollar ko'tarildi'' So'mlar qolib inqirozga, Dollar bo'ldi har og'izda. Ne sinoat bu qog'ozda, Aka dollar ko'tarildi. Bozorlarsiz bitmas yumush, Boshlarda ko'p, hol tashvish. Xarjlar uchun qissa xomush, Aka dollar ko'tarildi. Narx navolar bo'ldi osmon, Buni ko'rib o'rtanar jon, Do'konchi der: -bo'lmang hayron, Aka dollar ko'tarildi. Qassob tishga qo'yadi tish, Qiyin bo'ldi ho'kiz olish. Biram qimmat go'shti govmish, Aka dollar ko'tarildi. Qiyin bo'ldi sotuvchiga, Aylandi gap otuvchiga, Deydi, xar- bir o'tkinchiga- Aka dollar ko'tarildi. Kiyimdan ku ochmay og'iz, Narxin ko'rib lol qolasiz. Qimmat xatto qovun- tarvuz Aka dollar ko'tarildi. Ko'ngil uzib ketolmaysiz, Xarid qilmay o'tolmaysi. Deydi, noni so'rasangiz- Aka dollar ko'tarildi. Bozorda zo'r mashinalar, Uni faqat boylar minar. Olay desang dollar so'rar, Aka dollar ko'tarildi. Ayting kimga qoldi kunim? Qayga ketdi MILLIY pulim. Demang, dilga berib zulim, Aka dollar ko'tarildi

Комментарии

Комментариев нет.