Kutmagandim sizdan shirin tilaklarni

Xursand qilib yubordizku yuraklarni
Qadrlayman menga doim keraklarni
Tabassumla kulib quchoq ochganlarim
Omonmisiz interndan topganlarim
Biriz-akam biriz-ukam bo'lasizlar
Biriz-opam biriz-singlim bo'lasizlar
Xazil qilsam erkalanib kulasizlar
Achchiq so'zlar aytsam ichga yutganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Ko'rmaganman to'g'ri sizni bu xayotda
Esga oldim lekin sizni shu bayotda
Xali so'zim tugamadi xeyyy qayoqqa
Izlab borsam o'zin olib qochganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Ba'zilarda hayo yo'qdur xayron qoldim
Ba'zilarda ibo yo'qdur xayron qoldim
Bir chekkaga o'tirvolib o'yga toldim
Yoqa tishlab biroz ensa qotganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Sizni bir kun ko'rmay qolsam sog'inaman
Ovozinggiz tinglab biroz ovunaman
Yuzinggizni ko'rolmayin og'rinaman
Xar daqiqa yoninggizga shoshganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Sho'xlik qilib ko'p qiz bilan gaplashganman
Goh-gogida to tongacha dartlashganman
Xursand qilib ko'nglin olib xazlashganman
Hayolimda lablaridan bol
totganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Mehiribondek ko'rsatadi o'zlarini
Shirin qilib aytar xar-bir so'zlarini
Bilamanku asl qanday yuzlarini
Sirlarimni bitta-bitta sotganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Sizga qanday foyda tuxmat qilishlardan
Ermak qilib ustidan voh kulishlardan
Eh charchadim lablarini burishlardan
G'iybat qilib balchiqlarga botganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim
Chidolmayman aytgan ba'zi so'zlarizga
Qaragim xam kelmas sizni yuzlarizga
Goh ishonmay qolaman bu ko'zlarimga
Ilondayin menga zaxrin sochganlarim
Omonmisiz internetdan topganlarim.

Комментарии