21 мая 2017

MANGULIK

Kimning xayoliga kelmishdir axir,
Birdan qulab tushsa buyuk bir chinor.
Alam boʻgʻzimizda achchiq va taxir,
Bu gʻamning na cheki —€“ chegarasi bor.
Ketdi nogahonda aytmay biror soʻz,
Hijron oloviga barchani tashlab.
Oʻzbek osmonida soʻndi choʻng yulduz,
Katta-yu kichikning koʻzini yoshlab.
Biz — noqis bandalar, oʻylamay goho,
Boshimiz silagan qoʻlni tishladik.
Yuz yillab teskari aylandi dunyo,
Oʻz emas, oʻzgalar uchun ishladik.
Biz — ojiz bandalar, anglamay turib,
Birovning zabonin sanadik afzal.
Shu yurt daholarin bilib va koʻrib,
Begona zotlarga yasadik haykal.
Bosqin tepamizda turar edi zil,
Uni tag-tubidan buzmoq shart edi.
Asriy vayronaning oʻrnida dadil,
Yangicha mamlakat tuzmoq shart edi.
Foniy bu dunyoning baland- pastiga,
Teran nazar tashlab oʻtdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga boʻloldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin gʻurur yashar havas qilgulik.
Abadiyat oʻsdi koʻz oldimizda,
Shundoq yonimizdan oʻtdi Mangulik

MANGULIK
 - 856499032051

Комментарии

  • 23 мая 2017 08:02
    gif
  • 23 мая 2017 08:03
    gif
  • 23 мая 2017 12:38
    ETIBOR UCHUN RAXMAT_!
  • 23 мая 2017 13:13
    Bu dunyoda dard bilan el faryodi bilan oz rohatidan kechib jonini kop marta wu halq uchun garovga tikib inson niqobini kiygan iblislarga yuzma yuz turgan. Kechalari uyqudan huzur halovatdan ozini tinchligidan bazan uyquda va nihoyat jonidan halq tinchligi vatan ravnaqi yolida voz kechgan bu inson u dunyoda jannatdan turib ham bizga Ollohdan tinchlik hotirjamlik baraka sorab turgan bolsa ne ajab
  • 3 июн 2017 20:37
    Оллох даргохига кабул килган бу'лсин илохим Узбек фарзанди Узбек у'г'лони минг рахмат сизга биз болаларингиз сиздан минатдормиз озод ва обод ватан учун мен фахирланаман шу инсонинг давлатида таваллуд топганимдан, тинч  осмонимиз мусаффо ку'з тегмасин илохим