Yig'lab bersa yuragimning armonlari.

Ozor bersa Xudoyimning yomonlari.Qibla bo'lsa menga to'rtta tomonlari.Dardim ko'rib mendan kechib ketma jonim.Iymonimni boshdan yechib ketma jonim!Xudoyimning dunyosiga sig'may qolsam.Alamimni jigarbandim she'rdan olsam.Kutaversam, Baxtni kutib yomon tolsam.So'ngi umid chirog'im, o'chib ketma jonim.Dardim ko'rib mendan kechib ketma jonim.Men to'layin to'lmasin hech paymonang.Baxtlariga to'liq bo'lsin peshonang.Sevgimizga to'lib tursin ostonang.Dilimda qol ishqdan kechib ketma jonim.Dardim ko'rib mendan kechib ketma jonim.Men yig'layman, yig'lamagin dunyoda bas.Diydoringni so'rab olay so'nggi nafas.Qaylardadur omon bo'lib yursang bas!Ishqim iymon boshdan yechib ketma jonim.Dardim ko'rib mendan kechib ketma jonim!

Комментарии

Комментариев нет.