10 фев 2017

Xaqiqat:

Yuragingga sig’madi hokisor sevgim,
Sevib ishontirolmagan gumonim mening.
Yo’lingda bo’zlab qoldi beozor sevgim,
Peshonamga bitilmagan armonim mening.
Bizga juda yarashardi sog’inib yashash,
Izlarga nigohlardan poyandoz to’shash,
Nasib etmadi afsus, bitta “baxt” yasash,
Taqdirdan kutilmagan armonim mening.
Rashk o’tida yonardim, birov senga qarasa,
Shamolga qasd qilardim, sochlaringni tarasa,
Orzu qilardim, sevgim bor umringga yarasa,
Baxt tomon yetolmagan armonim mening.
Yuragimga in qurdi, la’nati hijron,
Umid bog’im etagida izillar hazon,
Yetim qolgan sevgim, o’lolmay sarson,
Boy bergan, yutilmagan armonim mening.
Visol nasib qilmagan armonim mening…

Комментарии

Комментариев нет.