25 янв 2016

Qaytadan berilsa menga bu hayot...

Roziman sen uchun yana kutardim... Ishonmasman dema sózlaring gumon...
Yana tanlab-tanlab seni sevardim...

Комментарии

  • 10 июл 2016 22:13
    Raxmat
  • 12 июл 2016 21:43
    Qani edi bo'lganda imkon
    Qaytarolsam o'tgan umrimni
    Sevmas edim balki hech qachon
    Tanlar edim balki o'limni

    Qani edi ko'rmaganda seni
    Yiroq edi mendan alam va hijron
    Sevgi, ne sababdan tanlading meni?
    Ko'rganlarim faqat azob-u armon

    Qani endi seni unutolsam
    Ketar edi qalbimdan gumon
    Dilga yozgan isming o'chirolsam
    Xotiralar meni qiynaydi yomon

    Qani edi bo'lganimda ko'r
    Ko'rmas edim soxta vaslingni
    Bo'lmas edim visolinga zor
    Bilganimda sening aslingni

    Mayli endi bo'larim bo'ldi
    Shu taqdirga ko'ndim oqibat
    Yurakdagi sevgim ham o'ldi
    O'zim uchun yashayman faqat

    Sen yuribsan beg'am be e'tibor
    Men yuribman ishqingda kuyib
    Pok sevgimni qildingda abgor
    Yashagim kelmas jonimdan to'yib

    O'ylamabman xiyonat qilishing
    O'ylamabman tashlab ketishing
    Bir kun kelib joninga tegib
    Orzularimizdan voz kechishing

    Qayda qoldi biz qilgan orzu
    Shirin shirin surgan o'ylarim
    Nahot so'ndi biz yoqqan yog'du
    Senga yetmas endi qo'llarim

    Qani endi yuragim yulib
    Otsam edi dengiz qariga
    Ayta olsam yoningda turib
    „Sevmayman” deb ketsam nariga

    Oson emas seni unutmoq
    Yoddan ketmas eski xotira
    Osonroqdur jonimni bermoq
    Esdan chiqmas ko'zlaring sira

    Ko'nglim qoldi baxtsiz sevgidan
    Bari yolg'on bari teskari
    Qocholmadim bu tuyg'udan
    Hammasi tamom, tugadi bari.
  • 10 июн 2017 09:39
    Klass