19 сен 2018

Uyat begonami yuzlaringizga,

Chetdan qaraysizmi o'zlaringizga.
Beparvo bo'lmang ota-onalar,
Telefon ushlatmang qizlaringizga
Xali balog'atga to'lib ulgurmay,
Tunlar tinch uxlasin bezovta bo'lmay.
Oddiy xaqiqatdan yuzingiz burmay,
Telefon ushlatmang qizlaringizga
Ko'chada yurmasin tor shimlar kiyib,
Bir ish buyursangiz qovog'in uyib.
Ikkala dunyosi ketmasin kuyib
Telefon ushlatmang qizlaringizga
Bazida ichimdan chiqadi bir ox,
Ularga kerakmi xozir shu matox.
Eshitgani gunox ko'rgani gunox
Telefon ushlatmang qizlaringizga.
Bir qarang egniga kiygan libosi,
Qirqilgan sochlari yuzda pardozi.
Yo'qolib qolmasin ibo, hayosi
Telefon ushlatmang qizlaringizga
Axir qaytib kelmas o'tgan kunimiz,
Uyquda o'tadi butun tunimiz.
Doim to'g'ri bo'lsin bizning yo'limiz
Telefon ushlatmang qizlaringizga
Klass bosing barcha o'qisin

Комментарии