13 мар 2018

Kulib ochiladi gul g'uncha.

So'lib ochiladi gul g'uncha.
Muxlat berdim yuzga kirguncha.
Unut meni qo'lingdan kelsa....
Azoblarim turfadir turfa.
Budur mening sevgimdan zarba.
Izg'ib yurar yoningda sharpa.
Unut meni qo'lingdan kelsa.
Xayolingda yurayveraman.
Haydasang ham turayveraman.
Tushlaringda kirayveraman.
Unut meni qo'lingdan kelsa.
Olislarda kulgan hayratim.
Orzularga to'lgan siyratim.
Ko'zlaringda qolgan suratim.
Unut meni qo'lingdan kelsa.
Garchi men deb qon yutolmiysan.
Garchi men deb jon yutolmaysan.
Lekin meni unutolmaysan.
Unut meni qo'lingdan kelsa.

Комментарии