El qatori bo`lay deb,Men xam telefon oldim.

To`yib gaplashaman deb,Ko`pgina pul ham soldim.Zamonaviy bo`lay deb,Internetga ulandim. Uchkuno`tmay\"odnoklassniki``ni,Kasaliga aylandim.Xar shaxarda, xar xil yosh,Go`zal qizlar qalam-qosh.Gaplashdim xo`p qiziqib.Do`stim bo`ldi odnodosh.Kunlar o`tdi, oyo`tdi,Bir qizga ishqim ketdi,Yozib shirin so`zlarni,O`ziga maftun etdi.She`rlar bitib tonggacha,Suxbatlashib shomgacha,Uxlamadikxattoki,Yulduz sanab tonggacha.Muxabbatdan so`ylashib,Xayollarda o`ynashib.Layli-Majnun bo`ldik biz,Ishk dardida kuylashib.Baxtliedimgo`yoki,Topdim deb zo`r go`zalni.Qizg`onardim soyamdan,Xattoki u asalni.Kunlar o`tib, kun sayin,Sevgimiz bo`ldi mayin.Odnodagi qizbilan,Uchrashuv bo`ldi tayin.Oq yuvinib, oq tarab,Oynaga ming bor qarab.Sevgilimni ko`ray deb,Otlandim shaxar taraf.Yurakto`laxayajon,Bordim aytgan manzilga.Sms keldi shu on,Xafa bo`lmang xazilga.Afsus, afsus shuncha oy,Ishq dardida kuyganim.Xazilkash bolaekan,Jonim deya suyganim.Qiz bola pochtasidan,Chiqqan ekan zormanda.Sevdim desa ishonib,Rosa bo`ldim sharmanda.Achchig`imdanchidolmay,Telefonni otvordim.Sinmay qolgan qismini,Zapchast qilib sotvordim!!!

Комментарии