7 мар 2019

#RUHIYAT

​​BORLIQ Qonunlari Bilasanmi, hayotingdagi eng katta qiyinchiliklar davri qachon boshlanadi?
🔷 Ular sen eng ko'p to'g'ri yo'ldan adashganingda va tunel so'ngidagi nur zo'rg'a ko'rinadigan darajada bo'lib qolganda keladi. Sen kimni bo'lmasin aldashing mumkin, ammo O'zingni va Meni aldolmaysan. Axir biz haqiqatni bilamizku.
🔷 Sen to'g'ri yo'ldan adashsang, men senga belgilar berib boshlayman.
Agar sen noto'g'ri yo'ldan yurishni davom etaversang, men senga katta bo'lmagan biror bir muammoni sovg'a qilaman va unda yana bir ishora mavjud bo'ladi.
🔷 Agarda sen alomatlarni eshitmasang va anglamasang, yana bir undan kattaroq muammoni hadya qilaman.
🔷Yana davom etaversang senga kuch quvvat (Energiya) berishni to'xtaman.
🔷 Yana davom etaversang sog'lig'ingni olib qo'yaman. 👈 Bu yo'l faqatgina ishora va belgilarga juda ham beparvo bo'lganlarga...
🔷 Axir senga kimdir aytgan bo'lishi kerakku: "Agar sen o'z yo'lingdan to'g'ri ketayotgan bo'lsang, butun olam sening shu orzuingni amaga oshirishga yordam beradi" , - to'g'rimi?
🔷 Agar tog'ri yo'lda bo'lsang - senda katta muammolar bo'lmaydi. Senda faqatgina seni o'stirishga xizmat qiladigan ma'lum bir vazifalar va ularni amalga oshirish, bajarish, yaratish uchun har doim kuch, energiya mavjud bo'ladi. Hech qanday bo'shashish, hafsalasizlik va umidsizlikka o'rin ham bo'lmaudi. Faqatgina yaratuvchilik, ilhom, kuch va energiya bo'ladi xolos.
🔷 Sen bu YER da o'z yo'lingdan yurish uchun yashayapsan.
🔷 Men seni shunchalar ko'p yaxshi ko'ramanki, seni uyg'otish uchun ko'plab ko'ngilsizliklarni jo'natishga ham tayyorman👇🏼

Комментарии