3 мая 2016

Qizlarga xazil she'r.

Erga tegsang endi sen,
Ertaklarga ishonma.
Ertaklarga ishonsang xam,
Erkaklarga ishonma.
Erga tegsang er degani,
Burga kabi talaydi.
Qoningni surmasayam,
Badaningni yalaydi.
Erga tegsang quchog'ida,
Qomatingni kerib yot.
Qizg'aldoqday qizarib,
Sariyog'day erib yot.
Erga tegsang extiyot shart,
Taroziga tortib kur.
Taroziga ishonmasang,
Uz ustingga ortib kur.
Erga tagsang har xaftada,
Bir-ikki kun dam bergin.
Tuxumni köp bersang ham,
Atalani kam bergin.
Erga tegsang maqtansa u,
Kupirtirib og'zini.
Sekin shipshib quygin unga,
Payshanbalik qarzini.
Erga tegsang ering bilan,
Bir daryoda oqqin sen.
Kunduz chuntak kechasi,
Pustagini qoqqin sen.
Erga tegsang havas bilan,
Termulsa u xurozga.
Tovuqlarni yulatmagin,
Bu lanati darozga.
Erga tegsang sharti ketib,
Parti qolgan bir cholga.
Moxir mergan bulsayam u,
Urolmaydi muljalga.
Erga tegsang saqichingni,
Chaynatmasa urinda.
Sen eringni ranjitma,
Bular hali " yerunda".
Erga tegsang baxorda teg,
Hamal eshik qoqqan payt.
Yigitlarning sulagi,
Lablaridan oqqan payt.
Erga tegsang qishda tekkin,
Izg'irinda buronda.
Hunukliging bilinmaydi,
Bunday shovqin suronda.
Erga tegsang kuzakda teg,
Sen xazonrez pallasi.
Aynan kuzda yigitlarning,
Karaxt bular kallasi.
Erga tegsang chupon bulsa,
Bilgin uning fe'lini.
Serkaday sakrayman deb,
Sindirmasin belini.
Erga tegsang rangi-ruyi,
Kelgan bulsa sariqdan.
Yana uzi mulla bulsa,
Sakratmaydi ariqdan.
Erga tegsang domla bulsa,
U hech qachon shoshmaydi.
Xamma ishni asta-sekin,
"Alifbe" dan boshlaydi.
Erga tegsang duxtir bulsa,
Kursatsang bas tilingni.
Tig' tekkizmay bir kechada,
"Halollaydi" qulingni.
Erga tegsang qassob bulsa,
Bosh tovlama buyruqdan.
Ammo doim ziyrak bulgin,
Ajrab qolma quyruqdan.
Erga tegsang ug'ri bulsa,
Kutib turmas shomingni.
Fursat topgan zahoti,
Teshib tushar tomingni.
Erga tegsang usta bulsa,
Yorgan bulsa pixini.
U sug'urib oladi,
Qoqolmagan mixini.
Erga tegsang alkash bulsa,
Sindirmagin shishani.
Aroq bulsa avliyosi,
Shisha uning eshoni.
Erga tegsang shafyor bulsa,
Odat qilgin bezlikni.
Chunki ular har lahzada,
Almashtirar tezlikni.
Erga tegsang ovchi bulsa,
Tingla uning rozini.
Iniga kiritgan payt,
Shalpangquloq tozini.
Erga tegsang chavandozga,
Qotiradi miyangni.
Suramasdan minib ketar,
Ostingdagi biyangni.

Комментарии