Bir yigit uylanibdi.

To'yidan 1 kun o'tar o'tmas xizmat safariga jo'nab ketibdi. O'sha vaqtda ayolini yuziga xunuk bir yara chiqib uni badbashara qilib qo'yibdi. Yigitning onasi unga bor gapni so'zlab berib, xotinini uydan haydashini aytibdi. Yigit yo'q onajon men uyga borib o'zim hal qilaman hammasini deb aytibdi. Taqdirni qarangki, xizmatdan qaytib uyga kelayotgan yigitning ikkala ko'zi ham ko'r bo'lib qolibdi. Oradan ancha yillar o'tgandan so'ng yigitning xotinini umri ham poyoniga yetib vafot etibdi. Uni qabirga qo'yishibdi. Bir amaki o'z onasini qabridan xabar olishga kelganda, qo'shnisini ya'ni o'sha yigitni ko'rib qolibdi. Yigit qabir oldida yig'lab turgan emish. Qo'shnisi xayol bilan o'tib ketayotgan vaqtda to'xtab: Men hozir buni tashlab ketsam nomardlik bo'lar axir uni ko'zi ko'rmaydiku, uyiga qanday yetib oladi deb o'ylanib qolibdi. Yigitga qarab: Qo'shni yuring men sizni uyingizgacha kuzatib qo'yaman debdi. Yigit: Amaki siz boravering men o'zim ortingizdan yetib olaman debdi. Qo'shnisi ko'zingiz ko'rmaydi-ku, qanday yetib olasiz deganda: Amaki aslida men ko'r emasman xotinimni bu ahvolini ko'rib o'zimni kp'rga solib yashadim, xotim kuyunmasligi uchun, siqilmasligi uchun, xotinim mana shu o'tgan vaqt ichida judayam xursand yashadi erim meni xunukligimni ko'rmadi deb men bundan judayam xursandma. Xotinim uchun men hamma narsaga tayyor edim, men uni judayam yaxshi ko'rar edim-debdi yigit. Qo'shnisi bu gaplarni eshtib hayratdan lol qotib qolibdi. Men shuncha yashab, umrim bino bo'lib ko'rmagandim debdi va yigitga qoyil qolibdi.

Комментарии