23 авг 2016

Telba ekan devona yurak,

Bu devona kimga ham kerak?
Ohlarim eshitolmas o'zimdan bo'lak,
Tentirab ko'chada dardkash izlayman.
O'ynoqi shabboda kular ustimdan,
Bir paytlar noligandim do'stimdan.
Endi ayrodaman hatto juftimdan,
Esgan shamollardan dilkash izlayman.
Qo'l cho'zadi meni yenggan taqdir,
Intilsam siltab ustimdan kular.
Men ham yashayapman hayotman axir,
Misradan o'zimga mazmun izlayman.
Ko'p ekan omading, molingga do'stlar,
Seni maqtashadi bir seni so'zlar.
Omad ketsa ustingdan bo'xtonlar so'zlar,
Yomonlardan yaxshilikni izlayman.
Yuragim halovat topolganida,
Menga ham orzular yetolganida,
Kimlardir qo'limdan tutolganida,
Ertaklar ichidan hayol izlayman.
Zerikdim, tentirab daydishdan ne naf?
Men ham tirik insonman axir.
Menga o'xshar daraxtdan uzilgan bir barg,
Kuzning hazonlaridan bahor.
Egnimda kir ko'ylak, yoqasi yirtiq,
Oyog'im toshlardan panoh so'raydi.
Yotsam yer yumshoqdir bosh tanam qattiq,
Ochiq qabrlardan yotoq izlayman.
Ko'zlarim jovdirar qo'lim qavargan,
Ko'nglimda xatodan qolgan hotira.
Yuzimdan rang o'chib, sochim oqargan,
Oqargan sochimdan qaro izlayman.
Sahrolar cheksiz-u, tubsiz daryolar,
Ba'zida shuncha keng yo'lga sig'mayman.
O'tarmi soatlar, o'tarmi yillar,
Osmonlar ustidan yerni izlayman.
Shunday baxtiyorman, kapalak do'stim,
Anhorlar manzilim, chaqmoqdir so'zim.
Osmon onamdir, emasman yetim,
Tabiat qo'ynidan oilam izlayman.
Bahtiyor kunimga g'am kelar quvib,
Qalbim yig'lasa-da o'zim kulaman.
Devona ko'nglimni bo'lmaydi yengib,
Ortiqcha darmonga dardim izlayman.
Qayerda xavf bo'lsa, o'sha yerdaman,
Nokas dunyodan ketish istayman.
Umrim tugamagan buni bilsam ham,
Xatolar ichidan ajal izlayman.
Gar o'lsam ne bo'lar, kim meni ko'mar?
Telba, deb matoga kim meni o'rar?
Jon bilan bu jasad shunchalar xor-ku,
Tashlandiq xilvatlardan o'zim izlayman.
Men soyadirman, men surat xolos,
Meni o'rab turgan bir hilqat xolos.
Ko'nglim pok, kiygan kiyimim iflos,
Eski matolardan kafan izlayman.
Kim meni taniydi, bormanmi o'zi?
Yonida tursam ham ko'rmaydi ko'zi.
Ko'zi tushganda ham jirkanar o'zi,
Nokaslar ichidan vafo izlayman.
Bosgan izimni ham qorlar yopadi,
Taqdir peshonaga qayda yozadi.
Telba ham izlasa imkon topadi,
Yolg'onchi dunyodan chin hayot izlayman.

Комментарии

  • 23 дек 2016 09:02
    IZLAYMAN:Telba ekan devona yurak,
    Bu devona kimga ham kerak?
    Ohlarim eshitolmas o'zimdan bo'lak,
    Tentirab ko'chada dardkash izlayman.
    O'ynoqi shabboda kular ustimdan,
    Bir paytlar noligandim do'stimdan.
    Endi ayrodaman hatto juftimdan,
    Esgan shamollardan dilkash izlayman.
    Qo'l cho'zadi meni yenggan taqdir,
    Intilsam siltab ustimdan kular.
    Men ham yashayapman hayotman axir,
    Misradan o'zimga mazmun izlayman.
    Ko'p ekan omading, molingga do'stlar,
    Seni maqtashadi bir seni so'zlar.
    Omad ketsa ustingdan bo'xtonlar so'zlar,
    Yomonlardan yaxshilikni izlayman.
    Yuragim halovat topolganida,
    Menga ham orzular yetolganida,
    Kimlardir qo'limdan tutolganida,
    Ertaklar ichidan hayol izlayman.
    Zerikdim, tentirab daydishdan ne naf?
    Men ham tirik insonman axir.
    Menga o'xshar daraxtdan uzilgan bir barg,
    Kuzning hazonlaridan bahor.
    Egnimda kir ko'ylak, yoqasi yirtiq,
    Oyog'im toshlardan panoh so'raydi.
    Yotsam yer yumshoqdir bosh tanam qattiq,
    Ochiq qabrlardan yotoq izlayman.
    Ko'zlarim jovdirar qo'lim qavargan,
    Ko'nglimda xatodan qolgan hotira.
    Yuzimdan rang o'chib, sochim oqargan,
    Oqargan sochimdan qaro izlayman.
    Sahrolar cheksiz-u, tubsiz daryolar,
    Ba'zida shuncha keng yo'lga sig'mayman.
    O'tarmi soatlar, o'tarmi yillar,
    Osmonlar ustidan yerni izlayman.
    Shunday baxtiyorman, kapalak do'stim,
    Anhorlar manzilim, chaqmoqdir so'zim.
    Osmon onamdir, emasman yetim,
    Tabiat qo'ynidan oilam izlayman.
    Bahtiyor kunimga g'am kelar quvib,
    Qalbim yig'lasa-da o'zim kulaman.
    Devona ko'nglimni bo'lmaydi yengib,
    Ortiqcha darmonga dardim izlayman.
    Qayerda xavf bo'lsa, o'sha yerdaman,
    Nokas dunyodan ketish istayman.
    Umrim tugamagan buni bilsam ham,
    Xatolar ichidan ajal izlayman.
    Gar o'lsam ne bo'lar, kim meni ko'mar?
    Telba, deb matoga kim meni o'rar?
    Jon bilan bu jasad shunchalar xor-ku,
    Tashlandiq xilvatlardan o'zim izlayman.
    Men soyadirman, men surat xolos,
    Meni o'rab turgan bir hilqat xolos.
    Ko'nglim pok, kiygan kiyimim iflos,
    Eski matolardan kafan izlayman.
    Kim meni taniydi, bormanmi o'zi?
    Yonida tursam ham ko'rmaydi ko'zi.
    Ko'zi tushganda ham jirkanar o'zi,
    Nokaslar ichidan vafo izlayman.
    Bosgan izimni ham qorlar yopadi,
    Taqdir peshonaga qayda yozadi.
    Telba ham izlasa imkon topadi,
    Yolg'onchi dunyodan chin hayot izlayman.