CHARCHADIM DUNYO

Dunyoga kelganim xato bo'ldimi!?
Rostni yoqlaganim jafo bo'ldimi!?
Adolat boshimga balo bo'ldimi!?
So'zi yalğonlardan CHARCHADIM DUNYO!
Menga tosh otib charchamas dunyo
Dunyo sahnasiga siğmadimmi yo!?
Nahotki.....
Nahotki, haqiqat bo'ldimi ro'yo
Ikki xil yuzlardan CHARCHADIM DUNYO!
Qiz boshimni qo'ydi ğavğoga
Pok nomimni ko'mdi iğvoga
Or-nomusni soldi savdoga
Vijdon savdosidan CHARCHADIM DUNYO!
Chapimda shayton o'ngimda iymon
Uchraganim gumon urilganim yalğon
Barini anglolmay ovvora inson
Shaytoniy odamlardan CHARCHADIM DUNYO!
Quyoshli kunduzim bo'ldi qaro tun
Bugun men mağlubman ''ZO'R'' bo'ldi ustun
Haqiqat chorasiz yiğlaydi beun
Unsiz ko'z yoshlardan CHARCHADIM DUNYO!
Bugun meni tuxmat, bo'xton qarshilar
Yana azob yana zulmat yana ko'z yoshlar
Siz ham bormisiz bering sado yaxshilar
Yamolar qaxridan CHARCHADIM DUNYO!
Baxtning sharobidan qildilar maxrum
Yashadim yashashdan topmadim mazmun
Bu xolimga kuldilar bo'ldilar mamnun
Baxtsizlik ko'yidan CHARCHADIM DUNYO!
Qalbimni bağriga bosdi armonlar
Shanimni sirtmoqqa osdi yamonlar
Oxiratin o'ylamas axli nodonlar
Zolimlar zulmidan CHARCHADIM DUNYO!
Dunyoning rostiga ishonmay qo'ydim
Gul edim ochilmay xazonday so'ldim
Tuxmat otashida kuygancha kuydim
Manzili yo'q uzlatdan CHARCHADIM DUNYO!
Bugun boqqan shirin nigohlar taxir
Tosh bo'lib urilar boshimga yomğir
Bahorimni oldi zolim qish olğir
Qaxraton qarashlardan CHARCHADIM DUNYO!
SHirin-shirin orzularim armon bo'ldi
Ğuncha umrim ochilmayin xazon bo'ldi
Qadr bozorida essiz qadrim arzon bo'ldi
Qadrim bilmas qadrdondan CHARCHADIM DUNYO!
Gul desam tikon berdi qo'limga hayot
Dil desam ozor berdi dilimga hayot
Kulishga bir imkon bermading hayhot
Gullamas armonlardan CHARCHADIM DUNYO!
Ko'rganga o'xshayman go'yo mudxish tush
Qaniydi uyğonib ketsam seskanib
Qaniydi bo'lsaydi yana dillar xush
Zulmatli tunlardan CHARCHADIM DUNYO!
Bilmadim kelganmi zamona oxir
Orsizlar or talashar o'tdi-oldi, urda-qir
NURIYA kuyinma oğrinma zinhor
Bichib tikar dunyoni Ollohim mohir!!!

Комментарии