7 авг 2015

Men sizni unutay, könglimdan yulib.

Men sizni unutay, shodlikdan kulib. Men sizni unutay, baxtimdan tölib. Yög'imda, borini, berolmaganlar. Bugun baxt quvonchim, körolmaganlar. Men shunday unutay, qolinglar xayron. Men shunday unutay, bölinglar vayron. Men shunday unutay, eslaysiz xar on. Yög'imda, borini, berolmaganlar. Bugun baxt quvonchim, körolmaganlar. Men sizni unutay, yolg'on yupanchim. Men sizni unutay, soxta ishonchim. Men sizni unutay, shudur quvonchim. Yög'imda, borini, berolmaganlar. Bugun baxt quvonchim, körolmaganlar. Men shunday unutay, tillarim unsiz. Men shunday unutay, quyoshli kunsiz. Men shunday unutay, shunga köning siz. Yög'imda, borini, berolmaganlar. Bugun baxt quvonchim, körolmaganlar.

Комментарии