RAMAZON  OYINGGIZ MUBORAK BO'LSIN! - 802803485114

RAMAZON OYINGGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Ro‘za, qodir bo‘lgan kishining niyat qilib, subhi so-diqdan kun botgungacha, qasddan yoki yanglishib yeb-ichish dan va jinsiy aloqadan tiyilishidir.
Ramazon ro‘zasining farz bo‘lish sababi
Ro‘zaning farz bo‘lish sababi ro‘za tutiladigan oyda yo uning bir qismida hozir bo‘lishdir. Ramazonning har bir kuni o‘sha kunning ro‘zasini tutish farz bo‘lishining sababidir.
Hukmi va farz bo‘lilishning shartlari
Quyidagi uchta shart mavjud bo‘lgan kishiga Ramazonning ro‘zasini vaqtida tutish, agar tuta olmagan bo‘lsa, uning qazosini tutish farz bo‘ladi:
1. Musulmon,
2. Aqlli,
3. Balog‘atga yetgan bo‘lishi.
Ro‘za tutishiing vojib bo‘lish shartlari
1. Ro‘za tutishga mone’ bo‘ladigan darajada og‘ir kasal bo‘lmaslik.
2. Hayzdan pok bo‘lish.
3. Nifosdan pok bo‘lish.
4. Muqim bo‘lish.
Ro‘za tutishning durust bo‘lish shartlari uchta
1. Ro‘za tutishni niyat qilish.
2. Ro‘zani buzadigan amallar qilmaslik.
3. Hayzda, nifosda bo‘lmaslik.
Rukni
Ro‘zaning rukni qorin va jinsiy a’zolarning istagini yoki bularnint istaklari hukmida bo‘lgan ishlarni qilishdan, bajarishdan saqlanishdir.
Ro‘za tutish natijasi
Farzni bo‘ynidan soqit qilish va oxiratda ajr-savobga ega bo‘lish.
Ro‘zani buzmaydigan narsalar
Ular yigirma uchtadir:
1. Ro‘za tutganini unutib, taom yeyish.
Izoh: Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va samam "Ro‘zador kishi ro‘zasi esdan chiqib biror narsa yeb qo‘ysa, yegani Alloh bergan rizqidir, qazo qilmaydi ", deganlar. Taom yeb, turgan holatida ro‘zadorligi esiga tushsa, yeyishini to‘xtatadi, og‘zidagi luqmani chiqarib tashlaydi. Ro‘zasi esiga tushganida ham, yeyishda davom etsa yoki og‘zidagi luqmani chaynayversa, bunga kafforat lozim bo‘ladi. Ro‘zadorning jinsiy aloqa qilishining hukmi shu kabidir.
2. Ro‘zadorligini unutgan holda ichimlik ichish, jinsiy aloqa qilish.
3. Ro‘zadorligini unutib ovqat yeyotgan kishi iftorgacha chiday olmas darajada och yoki tashna bo‘lsa, unga ro‘za tutgani eslatilmaydi. Iftorgacha sabr qilishga kuchi yetishi aniq bo‘lsa, ro‘zadorligi eslatiladi.
4. Erkak yoki ayolning shahvat qo‘zg‘aydigan joyga tikilib qolib, shahvat suvi chiqishi.
5. Shahvat qo‘zg‘ovchi narsalarni (uzoq) o‘ylab qolib, shahvat suvi chiqishi.
6. Sochga yog‘ (rang) surish.
7. Surma qo‘yish yoki ko‘zga rang surish, garchi surilgan narsaning ta’mi sezilsa ham.
8. Qon oldirish.
9. G’iybat qilish.
10. Ro‘zani buzishga niyat qilib, buzmaslik.
11. O’zi xohlamagan holda tutun yutishi.
12. Tegirmon (un) changi bo‘lsa ham, tomoqdan o‘tishi.
13. Tomoqdan pashsha yoki chivin o‘tib ketishi.
14. Og‘izda qolgan biror narsaning ta’mini tupugi bilan yutish.
15. Ertalab ehtilom bo‘lib uyg‘onish, hatto kechqurungacha junub holida qolsa ham.
16. Zakariga yog‘ surIsh.
17. Quloqdan suv kirib ketishi.
18. Qulog‘ini kavlagan cho‘pdagi kirni olib, yana shu cho‘p bilan quloq kavlash.
19. Burun suvini (manqa) tortib, ichga yutish.
20. Og‘iz to‘la kelib, keyin ichga qaytib ketgan qusuq.
21. Barmog‘ini tomog‘iga tiqib og‘iz to‘lmaydigan holda qusish.
22. Tishlar orasida qolgan no‘xatdan kichikroq narsani yutish.
23. Og‘izga sedana, kunjut kabi kichik narsalarni solib, ta’mi yo‘qolib ketgunicha yutmay chaynash.
Ro‘zani buzib, qazo va kafforatga sabab bo‘ladigan holatlar
Quyidagi 22 harakatni o‘z xohishi bilan qasddan qilgan kishining ro‘zasi buziladi, unga ham qazo, ham kafforat vojib bo‘ladi.
1. Jinsiy aloqa qilish yoki hox ayol, xoh erkakning orqa yo‘lidan qo‘shilish. Sherigiga ham qazo va kafforat vojib bo‘ladi.
2. Xoh oziq, xoh dori bo‘lsin deb biror narsa yemoq.
3. Xoh oziq, xoh dori bo‘lsin deb bir narsa ichmoq.
4. Og‘izga kirgan yomg‘ir (qor) tomchisini bila turib yutmoq.
5. Xom go‘sht (hidlangan, achigan) bo‘lsa ham yeyish, kishini ijirg‘antiradigan darajada qurt bosgan go‘sht bundan mustasno, chunki ozuqalik belgisi yo‘qolgani uchun, yeganning ro‘zasi buziladiyu, kafforat vojib bo‘lmaydi.
6. Mol charvisi yog‘ini yeyish.
7. Qovurilgan go‘sht yemoq.
8. Bug‘doy donasini og‘izga solib chaynab, yutish.
9. Bug‘doy donasini tish bilan maydalab, yeyish. Biroq bir dona bug‘doy chaynalaverib, erib ketib tomoqdan o‘tsa, ro‘za buzilmaydi, kafforat vojib bo‘lmaydi.
10. Bug‘doy donasini og‘izga solib yutish, og‘izga qunjut solib yeyish.
12. Bug‘doy, kunjut kabilardan bir'necha donalarni yeyish.
13. "Armaniy tuprog‘i" deb ataluvchi (ilgarilari dori sifatida foydalanilgan) tuproqni yeyish.
14. O’zi yeb o‘rganib qolgan tuproq yo kesakni yeyish.
15. Tuz yeyish.
16. Xotinining yoki suygan kishisining tupugini yutish.
17. G’iybat qilib, keyin ro‘zam buzildi, deb narsa yeyish.
18. Qon oldirganidan so‘ng, ro‘zam ochildi deb, biror narsa yeyish.
19. Erkak va ayolning shahvat bilan jinsiy a’zolarini bir-birlariga tekkazib (inzol, jinsiy aloqa hosil bo‘lmasdan), keyin ro‘za ochilganini o‘ylab, biror narsa yeyishlari.
20. Erkak va ayolning shahvat bilan (inzol bo‘lmasdan) o‘pishishganidan keyin, "ro‘za ochildi" deb o‘ylab, biror narsa yeyishlari.
21. Shahvat bilan quchoqlashishganidan keyin, "ro‘za ochildi" deb o‘ylab, taom yeyish.
22. Mo‘ylovini yog‘laganidan so‘ng, ro‘za ochildi deb taom yeyish.
17-. 18-, 19-, 20-, 21-bandlarda kelgan masalalarda kishi bir fiqh olimining fatvosiga tayanib yoki hadisning sharhini bilmagani uchun (noto‘g‘ri tushunib) ro‘zasini ochsa, kafforat lozim bo‘lmaydi. Agar kishi hadis sharhini bilsa ham ro‘zasini ochsa, kafforat vojibdir. Majbur holda, ya’ni erkakka bo‘ysunib, jinsiy aloqada bo‘lgan ayolga ham kafforat vojib bo‘ladi.
Ro‘zadorga nima makruh va nima makruh emas
Makruh amallar:
1. Tatib ko‘rish.
2. Zarurat bo‘lmasa-da, bir narsa chaynash.
3. Og‘izga ta’m beradigan hech qanday moddasi bo‘lmagan saqich chaynash.
4. Jinsiy aloqaga mayl qilishidan amin bo‘lmagan paytida o‘pishish.
5. Jinsiy yaqinlik qilishdan o‘zlarini tiyib qolishga ishonchlari bo‘lmasa ham, (er-xotinning) a’zolarini bir-birlariga tekkizishlari.
6.Og‘izni tupukka to‘ldirib yutish.
7. O’tkir nashtardek narsa bilan qon oldirish kabi holdan toydiradigan bir amal qilish.
Makruh bo‘lmagan amallar
1.Jinsiy aloqaga mayl qilishdan amin bo‘lgan holatda o‘pishish.
2. Er-xotinning ana shunday amin holatda o‘pishishlari.
3. Mo‘ylabni yog‘lash.
4. Ko‘zga surma qo‘yish.
5. Holsizlanish yoki quvvatdan ketib qolishdan amin bo‘lsa, qon oldirish.
6. Tushdan keyin misvok ishlatish (xoh tushdan oldin, xoh keyin, xoh ho‘l, xoh quruq misvok ishlatish sunnatdir).
7. Og‘izni chayish.
8. Burunni chayish.
Ro‘zadorga mustahab bo‘lgan amallar
1. Saharlik qilmoq.
2. Tong otishiga yaqinroq paytda saharlik qilish.
3. Havo ochiq kunlarda iftorni kechiktirmaslik.
Ro‘za tutmaslik uchun sabab bo‘ladigan uzrlar
Uzr (yoki ariza) kishini ro‘za tutishdan to‘xtatadigan omildir. Ro‘za tutmaslikka uzr va ro‘za ochilsa gunoh bo‘lmaydigan omillar sakkiztadir: kasallik, musofirlik, ro‘za tutmaslikka majburlanish, homiladorlik, emizuvchi ayol, ochlik, suvsizlik, o‘ta qarilik.
1. Bemor odam kasalligi kuchayishidan yoki tuzalishi kechikishidan ko‘rqsa.
2. Homilador ayol qornidagi bolaning tushib qolishidan yoki o‘zining o‘lib qolishidan yoki kasal (betob) bo‘lib qolishidan ko‘rqsa.
3. Emizuvchi ayol o‘zi yoki emizayotgan bolaning kasal yoki akdi zaif bo‘lib qolishidan qo‘rqsa. Bola o‘z farzandimi yoki boshqa kishining bolasimi, farqi yo‘q. Bu mavzua qo‘rquv o‘tmish tajribasidan chiqqan xulosaga yoki to‘g‘riso‘z mutaxassis va musulmon shifokorning tavsiyasiga asoslanadi.
4. Kishining o‘limga sabab bo‘ladigan suvsizlikka duchor bo‘lishi.
5. Kishi o‘limiga sabab bo‘ladigan shiddatli ochlikka duchor bo‘lganida ro‘zasini ochishi joizdir. MANBA: ISLOM.ZIYOUZ.COM

Комментарии