23 мая 2016

Tunim bedor seni o'ylab, O'z-o'zimga seni so'ylab.

Suratinga qarab ovundim, Ishon seni juda sog'indim. Meni o'zing qilding xasta, Kirib bording yurakka asta. Sen tomonga bugun talpindim, Ishon seni juda sog'indim. Mana o'rik gullarida surating, Qalbimni qiynagan siyrating. Uzoqlarga xo'rsinib boqdim, Ishon seni juda sog'indim. Samolarda yulduzlardek yondim, Zulmatlarda bir nurdek so'ndim. Sensiz hijron bo'sag'asida oqdim Ishon seni juda sog'indim. Bog'larda yurgan sevishganlarga, Havas bilan uzoq tikildim. Bilasanmi nima der tuyg'ular, Ishon seni juda sog'indim

Комментарии

Комментариев нет.