Derazadan Turaman Boqib  - 983250725013

Derazadan Turaman Boqib

Oynaga Urilardi Yomg'ir
Ketkan Ekanman Ishqida Oqib
Ko'z Yoshlarimdek Tuyulardi Yomg'ir
Derazadan Turaman Boqib
Uzoqlarda Qorli Tog'lar Ko'rinar
Sochlariga Lola Qizg'aldoq Toqib
Go'yo Yorim Men Tomon Yugurar
Derazadan Turaman Boqib
Go'yo Kun Ham Sen Bilan Ketkan
Sof Sevgimni O'tlarda Yoqib
G'amlar Yuragimni Yeb Bitirgan
Derazadan Turaman Boqib
Hali Shu Derazada Ko'p Tursam Kerak
Meni Manashu Sherimni Uqib
Yig'lab Yig'lab Meni Eslasa Kerak
Derazadan Turaman Boqib
Quyosh Nurlari Olovdek Yoqar
Kechasi Yulduzlar Yo'llarimga Chiroq Yoqib
Oy Ham Mayuz Mayuz Menga Boqar
Derazadan Turaman Boqib

Комментарии