4 июл 2016

51) va Muso bilan qirq kechaga vadalashganimizni, u ( ketgani) dan so'ng zolim bo'lgan xolingizda buzoqni ( xudo deb ) tutganingizni eslang!

52) O'shandan keyin sizni avf etdik. Shoyadki shukur qilsangiz.
53) shoyadki xidoyat topsangiz, deb Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.
54) Muso o'z qavmiga: { ey qavmim, albatta, siz buzoqni ( xudo ) tutishingiz ila o'zingizga o'zingiz zulm qildingiz. Endi sizni yo'qdan bor qiluvchi zotga tavba qiling, o'zingizni o'zingiz o'ldiring, shundoq qilmog'ingiz yo'qdan bor qiluvchi zot xuzurida siz uchun yaxshidir. Bas, tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani ko'plab qabul qiluvchi va raxmli zotdir}, deganini eslang.
55) { Ey Muso, ALLOXNI ochiq ravshan ko'rmagunimizcha senga ishonmaymiz}, deganingizni, shunda sizni o'zingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang.
56) So'ngra o'limingizdan keyin qayta tiriltirdik, shoyadki shukur qilsangiz.
57) va bulutni ustingizdan soya soldirib qo'ydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulum qilmadilar. Lekin o'zlariga zulm qilar edilar.
58) { Ushbu qishloqqa kiringiz va uning xoxlagan joyida yenglar, yeganingiz osh bo'lsin va eshikdan ta'zim bilan, xittatun, deb kiring, sizning xatolaringizni mag'firat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilamiz }, deganimizni eslang.
59) Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan so'zni boshqasiga almashtirdilar. Biz zulm qilganlarga fisq qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik.
60) Muso o'z qavmini serob qilishni so'raganida, { Xassang bilan toshni ur!} Deganimizni eslang. Bas, undan o'n ikki buloq otilib chiqdi. Xar qabila o'z suvini bildi. ALLOX bergan rizqdan yeb ichinglar. Yer yuzida buzg'unchilik ustiga buzg'unchilik qilmanglar.
61) { Ey Muso, bir xil taomga xech chiday olmaymiz, ROBBINGA duo qil, bizga yerda o'sadigan narsalardan sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin}, deganingizni eslang. U: { yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so'raysizlarmi? Birorta shaxarga tushing, so'raganingizni albatta, topasiz }, dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va ALLOXNING g'azabiga loyiq bo'ldilar. Bu ALLOXNING oyatlariga kufr keltirganlari, Payg'ambarlarni noxaq qatl etganlari uchundir. Bu isyonga ketganlari va xaddan oshganlari uchundir.
62) Albatta, iymon keltirganlar, yaxudiy bo'lganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari ALLOXGA va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, o'shalarga ROBBILARI xuzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yo'q va ular xafa xam bo'lmaslar.
63) Axdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko'targanimizni, { biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki taqvodor bo'lsangiz}, deganimizni eslang.
64) So'ngra o'shandan keyin yuz o'girdingiz. Sizga ALLOXNING fazli bo'lmaganida, albatta yutqazganlardan bo'lardingiz.
65) bataxqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: quvilgan, xor zor maymunga aylaning}, dedik.
66) biz bu ( xodisa) ni uning oldidagilarga va keyinidagilarga va taqvodorlarga maviza qildik.
67) Muso o'z qavmiga: { ALLOX sizga sigir so'ymoqni buyurmoqda}, deganini eslang. Ular:{ bizni masxara qilyapsanmi? } Dedilar. U: { joxillardan bo'lishimdan ALLOXDAN panox so'rayman}, dedi.
68) ular: ROBBINGGA duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin}, dedilar. U: { u qari xam, yosh xam bo'lmagan, ikkovining o'rtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring}, dedi.
69) Ular: { ROBBINGGA duo qil, uning rangini bayon qilib bersin}, dedilar U:{ U, rangi sap sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti}, dedi.
70) Ular: { ROBBINGGA duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin sigir bizga noaniq bo'lib qoldi, biz, InshaALLOX, albatta xidoyat topuvchimiz dedilar.
71) U:{ U, o'sha sigir minilmagan, yer xaydash, ekin sug'orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo'q deyapti }, dedi. Ular:{ Ana endi xaqni keltirding}, dedilar. Bas, uni so'ydilar. Sal bo'lmasa, qilmasdilar.
72) bir jonni o'ldirib qo'yib, U xaqda ixtilofga tushganingizni eslang. ALLOX siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.
73) {Bas, uni u(sigir)ning bazi joyi bilan uring}, dedik. ALLOX xuddi shunday qilib o'liklarni tiriltiradi va oyat alomatlarini sizga ko'rsatadi. Shoyadki aql ishlatsangiz.
74) So'ngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq bo'ldi, ular toshdek yoki toshdan xam qattiq. Va xolbuki, toshlarning bazilaridan anxorlar otilib chiqadi, bazilari yorilib undan suv chiqadi va bazilari ALLOXDAN qo'rqqanidan qulab tushadi. Va ALLOX qilayotgan ishlaringizdan g'ofil emas.
75) Ularning iymon keltirishlarini tama qilasizlarmi? Va xolbuki,ulardan bir guruxlari ALLOXNING kalomini eshitar edilar va so'ngra uni tushunganlaridan keyin bilib turib buzar edilar.
76) ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, deydilar. Bazilari bazilari bilan xoli qolsalar:{ Ularga ALLOX sizga ochgan narsa xaqida ROBBINGGIZ xuzurida xujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?} Deydilar.
77) ALLOX ularning sir tutganu va oshkor qilgan narsalarini, albatta, bilishini anglamaydilarmi?
78) Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xalos.
79) kitobni o'z qo'li bilan yozib, So'ngra uni arzon baxoga sotish uchun: { bu ALLOXNING xuzuridan}, deydiganlarga xalokat bo'lsin! Ularga qo'llari bilan yozgan narsalaridan xalokat bo'lsin! Ularga topgan foydalaridan xalokat bo'lsin!
80) va ular: { bizga ( do'zax) o'ti xech tegmaydi, tegsa xam sanoqli kunlargina tegadi}, dedilar. Sen:{ ALLOXDAN axd oldingizmi? Zotan, ALLOX axdiga xech xilof qilmaydi. Yoki ALLOXNING nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?} Deb ayt.
81) Yo'q! Kim gunox qilsa va uni xatolari o'rab olgan bo'lsa, ana o'shalar do'zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
82) va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o'shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
83) Bani isroildan ALLOXDAN boshqaga ibodat etmaysiz, ota onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb axdu paymon olganimizni eslang. So'ngra ozginangizdan boshqangiz yuz o'girib, ortga qarab ketdingiz.
84) Sizlardan bir birlaringizni qonlaringizni to'kmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb axdu paymoningizni olganimizni eslang. So'ngra guvoxlik berib turib iqror bo'ldingiz.
85) So'ngra siz o'zingizni o'zingiz o'ldirasiz va bir guruxingizni diyoridan chiqarasiz xamda ularga qarshi gunox va dushmanlik yo'lida yordam berasiz. Agar ular asir bo'lsalar, qutqatib olasiz. Va xolbuki, ularni chiqarish xarom edi. Yoki kitobning bazisiga iymon keltirib, bazisiga kufr keltirasizmi? Sizlardan o'shani qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo'lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. ALLOX qilayotganingizdan g'ofil emas.
86) Ana o'shalar dunyo xayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam xam berilmas.
87) va bataxqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Payg'ambarlarni ketma ket yubordik. Va IYSO ibn Maryamga ravshan ( mo'jizalar)ni berdik va uni ruxul quds bilan qo'lladik. Xar qachon Payg'ambar sizning xavoyu nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, bazilarini yolg'onchiga chiqarib, bazilarini o'ldiraverasizmi?!
88) va ular:{ qalbimiz g'iloflangan }, deyishadi. Yo'q unday emas, kufrlari sababli ALLOX ularni lanatlagan. Bas, ozginagina iymon keltiradilar.
89) Ularga ALLOXNING xuzuridan o'zlaringdagi narsani dastiqlovchi kitob kelganda, va xolbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar, o'zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga ALLOXNING lanati bo'lsin.
90) Ular o'zlarini sotgan narsa, ALLOX bandalaridan xoxlaganiga o'z fazlidan tushirganiga xasad qilib, ALLOX tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq xam yomon. Ular g'azabning ustiga g'azabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
91) agar ularga:{ ALLOX tushirgan narsaga iymon keltiring}, deyilsa, { bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz}, deyishadi. Va undan keyingi narsaga kufr keltirishadi. Xolbuki, U ulardagi narsani tasdiqlovchi xaqdir. Ayt:{ Agar mo'min bo'lsangiz, nimaga ilgari ALLOXNING Payg'ambarlarini o'ldirdingiz?!}.
92) Va bataxqiq, Muso sizlarga ravshan ( mo'jiza)lar ila keldi. So'ngra siz undan keyin zolim bo'lgan xolingizda buzoqni (xudo) tutdingiz.
93) sizdan axdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko'tarib:{ sizga biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang}, deganimizni eslang. Ular: { tingladik va isyon qildik}, dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o'rnashtirildi. Ayt:{ Agar mo'min bo'lsangiz sizning iymoningiz qanday xam yomon narsaga buyuradi!}
94) Ayt:{ Agar ALLOXNING xuzuridagi oxirat xovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga bo'ladigan bo'lsa, gapingizda rostgo'y bo'lsangiz, o'limni orzu qiling}.
95) ular qo'llari taqdim qilgan narsalar sababidan, uni abadiy, xech xech orzu qilmaslar va ALLOX zulm qiluvchilarni biluvchi zotdir.
96) ularning xayotga eng xirs qo'ygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr ko'rishni suyadi. Ammo uzoq umr ko'rishi uni azobdan qutqarmaydi. Va ALLOX ularni qilayotganlarini ko'rguvchidir.
97) Xibroilga dushman bo'lganlarga ayt, albatta U( QURON)NI sening qalbingga ALLOXNING izni bilan, o'zidan oldingini tasdiqlovchi va mo'minlar uchun xidoyat va bashorat qilib tushirdi.
98) Kim ALLOXGA, uning farishtalariga, Payg'ambarlariga, Jibroilga va Mikoilga dushman bo'lsa, albatta, ALLOX kofirlarning dushmanidir.
99) Bataxqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltiradir.
100) Xar qachon axd qilishsalar, ulardan bir guruxi uni buzaveradimi?! Yo'q! Ularning ko'plari iymon keltirmaslar.

Комментарии

Комментариев нет.