Bir kuni barcha tuyg'ular yig'ilib berkinmachoq o'ynamoqchi bo'lishibdi.
TELBALIK men qidiraman debdi. Shunda MEHR quyosh ortiga, HASAD balchiqqa, XIYONAT xazonlar orasiga, JASORAT vulqon ichiga berkinibdi. SEVGI qayerga yashirinishni bilmabdi, TELBALIK 84-85 deb sanaganda, SEVGI gullar orasiga berkinibdi. Sanab bo'lgan TELBALIK SEVGIdan boshqa hammani topibdi. Shunda HASAD kelib SEVGI gullar orasidaligini aytibdi. G'azablangan TELBALIK gullar orasiga pichoq sancha boshlabdi. Shunda ko'zlari o'yilgan, yuzlari qon bo'lgan SEVGI chiqib kelibdi. Pushaymon bo'lgan TELBALIK "Aybimni qanday yuvay", debdi. SEVGI:"Endi ko'zlarim ko'rmaydi, menga yo'lboshchilik qilsang bo'ldi" debdi. Shundan beri SEVGIning ko'zi ko'r, TELBALIK unga yo'lboshchi ekan.
УСТАСИ ФАРАНГ ТЕМИРЧИ