E-9 vizasidagi ishchilar uchun!

E-9 vizasida ishlab vizaning 3 yillik yoki 4 yil 10 oylik muddati 2020.04.14 ~ 2020.09.30 vaqt oralig'ida tugasada xalqaro reyslar yo'qligi sababli Koreyani tark eta olmayotgan ishchilar diqqatiga!
Kimlar?
1-oktabrdan oldin E-9 viza muddati tugaydiganlar
viza muddati tugab vaqtinchalik ruxsat olib yurganlar (출국기간연장 / 출국기간유예)
E-9 viza muddati tugab qo'shimcha 50 kun ishlashga ruxsat olganlar
Ariza topshirish muddati:
2020.08.24~2020.09.30
Beriladigan viza turi va muddati:
30 kun, 60 kun, 90 kun + yana 1 oy muddat bilan G1 vizasi beriladi.
Mehnat sohasi:
Qishloq xo'jaligi va baliqchilik
Mavjud ish o'rinlari(2-rasmda to'liq):
31 ta joyda 850 kishiga
Imtiyozlar:
- qayta kelishda koreys tili imtihon natijasiga + 10 ball
- qayta kelishda birinchi o'rinda shartnoma asosida chaqirish
- qayta kelib E-7-4 vizasiga almashtirishda har bir ishlagan oyi uchun 1 balldan
Manba (telegram kanalda keltirilgan)
Bu yangi qaror 2020.09.15 kuni tasdiqlandi.
DISTANCE jamoasi https://t.me/allaboutkorea_uz

Комментарии