Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib, O`zbekiston Respublikasiga qaytib kelgan fuqarolar uchun 2018 yil 4 may kunidan boshlab bo’lib o’tadigan test sinovlari to`g`risida

E`LON
O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi o`rtasida tuzilgan “Bandlikka ruxsat berish tizimi bo`yicha ishchi kuchini Koreya Respublikasiga yuborish to`g`risida”gi Memorandumga muvofiq, Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli bitirib, qaytib kelgan fuqarolar uchun Koreya tomonidan taqdim etilgan ro`yxatga asosan 2018-yil 4 may kunidan boshlab, bo’lib o’tadigan test sinovlarida qatnashish uchun ro`yxatga olish o`tkaziladi.
Inson resurslarini rivojlantirish xizmati Erkin yollash tizimi bo`yicha o`tkaziladigan kompyuter test sinovlaridan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlargina Koreya ma`lumotlar bazasiga kiritiladi.
1.Test o`tkazish jadvali
Ro`yxatga olish kuni - 28-29 mart
Testni e`lon qilish kuni - 23 аprel
Test kuni - 4 maydan boshlanadi
Test natijalari bo`yicha e`lon - 25-may
Yoshi bo`yicha - 30.03.1978 dan 29.03.2000 gacha
2. Qabul qilish shartlari
- 2010 yil 1 yanvardan keyin Koreya Respublikasidan qaytib kelgan fuqarolar
- Yoshi 18 dan 39 yoshgacha bo`lgan fuqarolar (1978 yil 30 martdan 2000 yil 29 martgacha oralig`ida tug`ilganlar);
- Muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagan fuqarolar;
- Koreya Respublikasidan deport qilinmagan yoki deport qilinganligi to`g`risida buyrug`i bo`lmagan fuqarolar;
- Koreya Respublikasida doimiy yashash va ish joyini tashlab ketish maqsadi bo`lmagan fuqarolar.
- E-9 va E-10 vizalari bo'yicha Koreyada 5 yillik yoki undan ko'p muddatli istiqomat qilmagan shaxslar
3. Ro`yxatga olish jarayoni
- Yuqorida ko’rsatib o’tilgan shartlarga to’liq mos kelgan fuqarolar 2018 yil 24 va 26 mart kunlari viloyatlarda joylashgan “Milliy bank”ning markaziy shahobchalari orqali Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Tashqi iqtisodiyot faoliyati Milliy banki bosh amaliyot bo`limidagi maxsus 20210000600431202003 sonli hisob raqamiga (МФО 00407, ИНН 201121089, ОКОНХ 97111) Koreya Respublikasi bilan imzolangan kelishuvda belgilangan 30 AQSh dollari miqdoridagi mablag`ni milliy valyuta so`mdagi qiymatini to`lov kunidagi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI Markaziy bankining rasmiy kursi bo’yicha to`lashlari va to`lov maqsadida har bir fuqaro o`zining Familiya Ismi SHarfini to`gri va to`liq hamda pasport seriyasi va raqamini to`liq ko`rsatishlari lozim.
2018 yil 24 va 26 mart kuni belgilangan to`lovni amalga oshirgan fuqarolar ro`yxati Milliy bank tomonidan taqdim etilganidan so`ng www.migration.uz sayti, onlayn ro’yxatga olish jarayonida qatnashish huquqiga ega bo’lishlari mumkin.
Koreya tomonidan taqdim etilgan ro`yxatga asosan 2018 yil 28 mart soat 09-00 дан 29 mart soat 18-00 qadar Agentlikning rasmiy web sayti www.migration.uz orqali onlayn ro`yxatga olish o`tkaziladi. Qayd etilgan sanadan boshqa kunlari ro`yxatdan o`tish imkoniyati mavjud emas.
Ro’yxatga olish jarayonining tartibi:
Ro’yxatdagi fuqarolar o’z ism sharifi ustiga tugmachani bosib sahifada majburiyat bilan tanishib, rozilik bildirib tasdiqlagan taqdirda, onlayn ro`yxatdan o’tishlari mumkin bo’ladi.
- Fuqaro o’z shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritishi hamda fuqarolik pasportining laminat qismini hamda 3.5 x 4.5sm hajmdagi o’z fotosuratini yuklashi lozim. So’rovnomaning to’ldirilishi, passport va rasmni to’g’ri yuklanishiga har bir nomzod shaxsan o’zi mas’ul.
- So’rovnoma to’liq to’ldirilgandan so’ng yuborish tugmasini bosiladi va fuqaroning so’rovnomasi agentlikka elektron tarzda kelib tushadi.
- Testga kirish uchun ruxsatnoma raqamini olgan fuqarolar uchun 4 maydan boshlab test sinovlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.
*Erkin yollash tizimi bo`yicha yuzaga kelgan holatiga ko`ra test sinovlari dasturiga o`zgartirish kiritilishi mumkin.
Bo’lib o’tadigan test sinovlar vaqti va tartibi to’g’risida qo’shimcha e’lon beriladi.
Nazorat qilish: Koreya Respublikasining Bandlik va mehnat vazirligi.
Tashkillashtirish: Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati.
Hamkorlik qilish: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi.
Ma’lumotlar uchun Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining quyidagi telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin: 0371-202-33-44, 0371-202-33-55, 0371-202-33-66, 0371-202-33-99
Manba: www.migration.uz

Комментарии