25 мая 2019

Boshimga tushganda tashvish yoki g'am

Gunohimdan ranjisa butun bir olam
Bir inson hamisha bo'lar men bilan
Bu meni mushtipar mehribon onam
Sevgan yorim dardimga bo'lmasa malham
Esimga tushadi shunda bir odam
Bu meni mushtipar mehribon onam
Ko'zlarimga bu dunyo bo'lib qolsa tor
Xech kimga qiziqmas dildagi nolam
Dardimni tinglovchi takror va takror
Bu meni mushtipar mehribon onam
Yig'lasam yig'lagan kulsam quvongan
Oxirgi nonini ko'rgan xam baham
O'zimdan ham koproq menga ishongan
BU MENI MUSHTIPAR MEHRIBON ONAM

Комментарии