1 фев

TURKIYA GRANTLARI HAMDA ITB GRANT DASTURLARINING O’ZI NIMA, KIMLARGA BERILADI, TALABLARI VA NIMA FOYDA BERADI.

Turkiya Grantlari hamda ITB (Islom Taraqqiyot Banki) Hamkorlik Grant dasturlari
Xalqaro qo’shma Grant dasturi bo’lib, Turkiya universitetlarida xalqaro oliy ta'lim olish uchun mo'ljallangan dasturdir. Ushbu dastur Turkiyaning eng yuqori salohiyatli 70 dan ortiq oliy ta’lim muassasalarida har yili tashkil etiladigan 100% lik Grant asosida tahsil olish imkoniyatini beradi.
Turkiya Grantlari hamda ITB (Islom Taraqqiyot Banki) Grant dasturlarining maqsadi:
Turkiya va ko’plab rivojlangan musulmon mamlakatlarining davlat fondlari, banklari va moliyaviy hamkorliklari tomonidan turli mamlakatlarning iqtisodi, qishloq xo'jaligi, sanoati va boshqa sohalarini rivojlantirishga zarur malakali kadrlarni tayyorlab yetishtirish orqali ushbu mamlakatlardagi iqtisod va ijtimoiy hayotni rivojlantirishga hissa qo’shishdir.
Shu maqsad uchun har yili rivojlangan davlatlarning obro’li universitetlarida talabalarning o’qish va yashash xarajatlari qoplab beriladigan Xalqaro grantlar tashkil etish va hamkorlikda taraqqiyotga erishishdir.
Talabalar uchun ajratilgan Grantlar o’rin soni: Har yili Turkiya grantlari dasturlarida 5000 kishiga, Turkiya- ITB Hamkorlik Grant dasturlari doirasida 3000, jami yilda 8000 kishiga grant berilmoqda bulib, bu grantlar soni buyicha dunyodagi Xitoy grantlaridan keyingi 2-o’rinda turuvchi dunyoning eng katta sonli grant dasturidir.
Ushbu Grant dasturi doirasida talabalar Turkiya, Malayziya, Katar, BAA va boshqa rivojlangan musulmon davlatlari bilan bir qatorda Evropa, AQSH va boshqa davlatlarda ham o’qish va talaba almashish imkoniyatlariga egadirlar.
USHBU XALQARO GRANT DASTURI NIMALARNI QOPLAYDI:
Ushbu grant dasturlari Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim universitetlarida Bakalavr, Magistratura, Doktorantura ta’limi bosqichlari uchun mo`ljallangan dasturlar bo`lib, ular quyidagi xarajatlarni 100% ta'minlab beradi;
1 - Universitetga tanlov va joylashtirish;
2 - Universitetda o`qish uchun har yillik kontrakt to`lovlari:
- Bakalavriat uchun - (4+1) yil mobaynida;
- Magistrartura uchun – (2+1) yil mobaynida;
- Doktorantura uchun – (4+1) yil mobaynida;
3 – Butun o’qsih davri uchun har oylik stipendiya;
4 - Yashash uchun yotoqxona bilan ta’minlash har yili;
5- Ertalabki va kechki Ovqatlanish xarajatlari;
6 - Tibbiy xarajatlari uchun tibbiy sug`urta har yili;
7 - Tayyorlovchi turk tili kursi (1 yillik);
8 - Universitet va talim jarayonida maslaxat va madaniy tadbirlar;
9 - Samolyot aviachiptasi (Turkiyaga borish va qaytish uchun)
Grantlar moliyaviy miqdorlari: Talabalarning o’qishi va yashashi uchun ketadigan yuqoridagi barcha xarajatlar har universitetlar uchun har xil bolib universitet va yunalishlar turiga ko’ra butun o’qish davri uchun o’rtacha jami 40 000 dan - 120 000 dollargacha Grant tomonidan qoplab TO'LAB BERILADI.
Qabul shart va talablari: Qabul SINOVSIZ.
Qabul tanlovi asosi: Talabalikga nomzod bo’lib hujjat topshirganlarning akademik baholari, maktab va universitet vaqtida olgan bazi yutuqlari, o’qishdan maqsadlari, keyingi rejalari, tavsiyanomalari, niyat xatlarini tadqiqot qilib Turkiyaning maxsus komissiyasi uzi tanlab oladi.
Chet tili bilish talabi: Chet tili bilish va sertifikatlari ham talab qilinmaydi. Sababi, Turk tili buyicha Grantga qabul qilgan universitetlarning uzida 1 yil davomida Turkcha tayyorgarlik kursi qoshimcha o’qitiladi.
Grantlar dasturida qatnashayotgan universitetlar soni: Turkiyaning 100 dan ortiq yuqori salohiyatli universitetlari ushbu grant dasturida talaba olmoqda.
Grantlar dasturida qabul etiladigan soha / yunalishlar: Grant dasturi uchun 100 turdagi yunalishga qabul qilinmoqda.
Murojaat uchun nomzodlardan talab: Har yili qabul e’lon qilingan muddat davomida sistemada talab qilingan hujjatlarni to’g’ri, aniq, kamchiliklarsiz va kerakli tarzda tayyorlash va maxsus sistema orqali online tarzda Turkiya qabul komissiyasiga to’gri junatishdan iborat.
USHBU GRANTGA MUROJAAT QILUVCHILARDA TALAB QILINADIGAN BA’ZI TALAB VA MEZONLAR:
1. MINIMAL AKADEMIK MEZONLAR:
• Bakalavr talabgorlari uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada 70 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 3,5) va yuqori bulishi kerak.
• Magistr va doktorantura uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada 75 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 3,75) va yuqori bulishi kerak.
• Sog'liqni saqlash fanlari (tibbiyot, stomatologiya va farmatsevtika) talabgorlari uchun minimal akademik baho o’rtalamasi: 100 ballik sistemada 90 ball (5 baholik sistemada o’rtacha 4,5) va yuqori bulishi kerak.
2. GRANT TALABGORLARINING YOSH MEZONLARI:
• Bakalavr dasturlari uchun 21 yoshdan oshmaslik
• Magistrlik dasturlarida 30 yoshdan oshmaslik
• Doktorlik dasturlari uchun 35 yoshdan oshmaslik
3. KIMLAR HUJJAT TOPSHIRA OLADI:
• Bakalavriatga – hozirgi vaqtda maktabning 11-sinf, litsey kollejlarning 2-kursida o’qiyotgan o’quvchilar hamda ularni oldin tugatgan nomzodlar hujjat topshira oladilar (yani maktab va liseylarni tugatganlar va shu o'quv yilining oxirida (2022 yil sentyabrigacha) bitirishi mumkin bo'lgan bitiruvchilar ham)
• Magistraturaga - Bakalavriatning 4-kursida o’qiyotganlar va uni oldin tugatganla
- Doktoranturaga – Magistraturaning 4-kursida o’qiyotganlar va uni oldin tugatganlar
• Ilmiy tadqiqotchilar va akademiklar (1 yilgacha)
• Yuqoridagi talablarga tugri kelgan barcha mamlakatlar fuqarolari
4. MUVOFIQ BO'LMAGAN GURUHLAR:
• Talabalar allaqachon murojaat qilgan o'quv darajasida Turkiya universitetlarida o’qiyotgan bo’lsa.
Grantning foydalanuvchilarga amal qilish muddatlari:
Bakalavrlar uchun grant muddati: 1 yillik turk tili tayyorlov kursi + 4 (jami 5) yil Universitetda o’qish (dasturning normal davomiyligiga qarab)
Magistrlar uchun grant muddati: 1 yillik turk tili tayyorlov kursi + 2 yil Magistratura (jami 3 yil)
Doktorantura uchun grant muddati: 1 yillik turk tili tayyorlov kursi + 4 yil Doktorantura (jami 5 yil)
GRANTLAR NIMANI O'Z ICHIGA OLADI
1. Kunduzgi ta’lim uchun Grantlar dasturlari:
Bakalavriat uchun Grant dasturi (1+4 yil)da nimalar qoplanadi:
• Universitet va dasturlarga joylashtirish
• Universitetda o'qish uchun to'lov har yillik
• Har oylik stipendiya: oyiga 3500 TL (120 $)
• Tibbiy sug'urta (zarorat bo’lganda davolanish va dori darmon harajatlari)
• Turar joy (davlat tomonidan ta’minlangan yashash uchun yotoqxona)
• 2 mahal ovqatlanish
• Bir yillik turk tili tayyorlov kursi tulovi
• Borish va qaytish uchun samolyot bileti
Bakalavriat Grant dasturi muddati: 1 yillik turk tili kursi + 4 (jami 5) yil (dasturning davomiyligiga qarab)
Magistratura (1+2 yil ) va Doktorantura (1+4 yil ) uchun Grant dasturida nimalar qoplanadi:
• Universitet va dasturlarga joylashtirish
• Har oylik stipendiya:
-Magistrlar: oyiga 5000 TL (172 $)
-Doktorantura: oyiga 6500 TL (224 $)
• O'qish uchun to'lov har yili
• Tibbiy sug'urta har yili
• Turar joy yotoqxonasi har yili
• 2 mahal ovqatlanish
• Bir yillik turk tili kursi
• Borish va qaytish uchun uchish samolyot bileti
O’z kelajagi va karyerasi uchun chet elda baklavr, magistr, doktorantura ta’limini orzu qilib yurganlar;
Chet elda ta’lim olishni istab ammo moddiy sabablar tufayli orzusini amalga oshirolmayotganlar uchun katta imkoniyat bo’lgan ushbu Turkiya davlati va ITB grantlari dasturlariga bu yilgi qabul 2024 yil 20 Fevralda yopiladi.
Kechikmang, harakat qiling, urinib koring, hujjat topshiring va grant talabalaridan biri bo’lishga harakat qiling.
UNUTMANG:
- Talaba va bo’lacak olimlarni har yillik o’qish va yashash xarajatlarini ta’minlovchi katta moliyaviy ko’mak va imkoniyatlarga ega bu GRANT DASTURIdan,
- sinovsiz, majburiy til sertifikatisiz bu GRANT QABULIdan,
- uydan chiqmasdan hujjat topshirish imkonini beruvchi bu GRANTGA ONLINE HUJJAT TOPSHIRISH SISTEMASIdan,
- hujjat topshirishda amaliy tushuntirishlar berib ko’mak beruvchi bu GRANT HAQIDA MALUMOTLAR BERUVCHI VEBINARdan foydalangan holda - Turkiyaning xalqaro universitetlarida bepul o’qish orzungizni amalga oshirishga qadam tashlang.
UNUTMANG:
Agar, ertaga yaxshi mutaxassis, imkoni keng inson bo’lishni istasangiz, shunday rivojlangan davlatlardagi yaxshi va imkoni keng universitetlarda tahsil oling.
Maqsad va orzularingiz tomon doim harakat qiling, o’qing, o’rganig va erishing.
Bu kabi turli Grant dasturlari esa bu ta’lim olish yo’lingizdagi moliyaviy dastaklar bo’lib, ulardan xoh foydalaning xoh foydalanmang, ammo bilim olib yaxshi mutaxassis bo’lish uchun doimo izlanishda buling.
Unutmang, doimo imkoniyatlarni izlagan o’z imkonlarini mutlaqo topadi.
“Beshikdan qabrgacha ilm izlang”. “Chinda bulsa ham ilm oling” (Hadislardan)
Unutmang, har qanday Grantlar kabi bu dasturlarni qo'lga kiritish uchun quyidagi talablarga amal qiling:
1- avvalo talab qilingan barcha asosiy va qo'shimcha hujjatlaringiz yetarli, tug'ri, hamda kerakli tartibda yaxshi va to'liq tayyorlangan bo'lishi;
2- hujjatlar va sistemada jonatiladigan malumotlar Turk yoki Ingliz tiliga tarjima qilingan bo'lishi;
3- o'qish maqsadi inshosi tog'ri yozilgan bo'lishi (savollarni bizdan olish mumkin);
4- tayyorlangan hujjatlar va malmotlar 6 etapdan iborat grant maxsus portali sistemasiga to'g'ri va bexato joylashtirilishi;
5- faqat bakalavr dasturidagilar qoshimcha sinovga tayyor bo'lishi (savollarni bizdan olish mumkin);
4- tanlov so'hbatiga yaxshi tayyorlangan bo'lishi (savollarni bizdan olish mumkin);
Ushbu XALQARO GRANTLARGA murojaat qilish, kerakli hujjatlarni tug'ri va yetarli shaklda tayyorlash va muvaffaqiyatli topshirish uchun kanalimizda ko'rsatilgan 3 usulda harakat qilishni tavsiya qilamiz. Bu 3 usullarni bilish va hujjat topshirish uchun Kanalimizga qayting.
Tel.: + 99890 911 50 59 / 911 56 59 - Yoqub Tursunovich
Telegramda: https://t.me/XalqaroTalimMarkazi https://t.me/Yoqub_TA Vebsaytda: https://xalqarotalim.uz/uzl/2024_1_tb/

Комментарии

Комментариев нет.