29 авг 2017

Depressiya ( tushkunlik ) tushunchasi.

Uning kelib chiqish oqibatlari. Kanadalik psixologlar qanday fikrda ?
»Depressiya ( tushkunlik ) nima?
Depressiya bu – uzoq davom etmaydigan, insonning hatti-harakati va kayfiyatidagi tushkunlik bo’lib u tez-tez o’zgarib turish xususiyatiga ega. Bu haqıda «DepressionHurts» nashri xabarberdi.
Ko’plab odamlar uyalganidanmi yoki qo’rqqanidan o’zlariga yordam so’ray olmaydilar.Boshqacha qilib aytganda depressiyani qochib qutilib bo’lmaydigan qusur, kamchilikka o’xshatadilar. Tushkunlikka tushganda nima qilish kerak ? degan savolga ko’plab maqolalar yozilgan bo’lishi mumkin, ammo shunga qaramay biz bir necha fakt va ma’lumotlarni keltirishni o’zimizga lozim deb topdik.
Kanadalik tadqiqotchilarning fikricha, depressiyadan azob chekayotgan insonlarning aksariyati – hayoti davomida ko’plab tartibsiz holatlarga duch kelgan insonlar. Ular o’z ilmiy ishlari natijasida quyidagi xulosaga kelishgan:
1. Dunyoga ortiqcha hirs qo’yish, depressiyaning bosh sabablaridan biri bo’lib, inson o’zida bor narsalarga qanoat qilmaydi va hayoti davomida kamchiliklarga e’tibor berib yashaydi. Unim yo’q, bu narsa bo’lsa yaxshi bo’lardi deb tushkunlikda hayot kechiradi. Bu holat keyinchalik uni jamiyatdan ajiratib qo’yadi va u faqat moddiy narsaning quliga aylanadi. Buning asosiy sababi g’arbning ko’pgina davlatlari mashxurlikka intilishida. Ular doim birinchilikka urinadilar. Aksariyat holatlarda oiladagi ajirashuvlar ham shundan kelib chiqadi.
2. Ayollar erkaklarga nisbatan tezroq depressiyaga tushadilar. Statistik ma’lumotga qaraganda 78% erkaklar beg’am bo’lar ekanlar. Ya’ni ular o’zidagi bor narsaga qanoat qiladilar va ortiqcha narsalarni o’ylab o’tirmaydilar.
3. Tushkunlikka tushishning yana bir bosh omili – oiladagi tartibsizlik yoki oilaviy deppresiya. G’arb davlatining ko’pgina oilalarida har bir shaxs erkin va o’zgalar kayfiyatiga qiziqmaydilar. Odatda sharq oilasida » Yolg’iz qolgim kelyapti » so’zini ishlatgan odamlarga savollar yog’ila boshlaydi: nima bo’ldi? Biror joying og’riyaptimi? Kimdir xafa qildimi ? va.hokazo. Ammo g’arbda bu holat teskari. Shuning uchun ham ularda mehr, oqibat, oilaga bo’lgan muhabbat kam shakllanadi. Bu esa o’z navbatida depressiyaga tushgan odamga birorta yordam beroladigan oila a’zo topilmasligini bildiradi.
4. Kasalikka tez chalinuvchan insonlarda depressiyaga moyillik kuchli bo’ladi.
Depressiyaning qanday turlari bor?
Barcha insonlarda tushkunsizlik holati xar hil kechadi, shunga ko’ra Depressiya quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Eng jiddiy ( muhim ahamiyatli ) depressiya – bunda insonlar nafaqat o’zi va yaqin kishilaridan , balki hayotning go’zalligidan ham zerika boshlaydilar. Bu holat 1-2 hafta uzog’i bilan 1 oygacha davom etadi. Ular uchun hech narsa qiziq emas va eng qiziq narsaga ham oddiy holat ko’zi bilan qaraydilar. Bu kabi insonlarda tushkunlikdan chiqish qiyin sanaladi. Vaqtida yordam berilmasa, ularning depressiv holati xarakteriga aylanishi va butun umr davom etishi mumkin.
2. Mavsumiy depressiya –
Bu depressiya holati Kanadalik professorlar psixologlarning fikriga ko’ra qishning kunduzgi kunlarida yoki bahor faslida 3% va 5% odamlarda kuzatilar ekan. Bahor ta’sir qildimi? degan naqlni ko’p ishlatadi xalqimiz. Aslida bu gapda insonlarning yaxshi tomonga emas aslida tushkun tarafga o’zgarishi tushuniladi. Chunki bahor va qish fasllarida odamlar kayfiyati biroz o’zgaradi. Lekin bu bekorga mavsumiy depressiya emas, u o’zgaruvchanlik xuzusiyatiga egadir.
3. Tug’ma depressiya – bu depressiya juda kam odamlarda kuzatilgan. Bu depressiyaning sababchisi ona hisoblanar ekan. Farzandga xomiladorlik paytida ayollarga doim yaxshi narsani o’ylashi, chiroyli narsalarni ko’rishi yoki tinglashi uqtiriladi. Lekin ko’pgina ayollar bu narsaga erish qarashlari mumkin va xomiladorlik paytida depressiv holatni oddiy holdek boshidan kechiraverishi mumkin. Farzand tug’ilganidan emas, onaning qornidanoq yaxshi-yomon narsani sezadi, tushuna oladi. Agar u qorindalik paytidanoq janjal, onasining depressiv holatini sezsa, keyinchalik u farzand tug’ma depressiv bo’lib dunyoga kelishi mumkin.
4. Mahrum bo’lishlik – bu holat inson eng yaqin kishisini yo’qotganida boshidan kechiradigan azobi, tushkun holati. Ilgari quvnoq yurgan inson eng yaqin kishisini yo’qotganda to’satdan kuchli depressiyaga uchraydi va buning ta’siridan chiqish uchun 1hafta, oy yoki yillar kerak bo’ladi.
Yuqoridagi sanab o’tilgan holatga tushgan insonlarning so’zlashuv usullarida ham keskin farq bo’ladi. Charchadim, o’zimga ishonmayman, hayotdan to’ydim va.hokazolar
Depressiyadan qanday qutilish mumkin?
Odatda depressiyaga tushgan inson biror narsa bilan mashg’ul bo’lishi kerak. Ya’ni unda tushkunlikka tushishga vaqt bo’lmasligi kerak. Depressiyadan qutilishning yana bir usuli bu sport bilan shug’ullanish. Sport – insonga nafaqat deprresiv holatda balki kundalik turmushda ham ast qotadigan mashg’ulot. (davomi commentda...)

Комментарии

  • 29 авг 2017 07:10
    Sportning ham turlari bor. Suzish – deppressiyadan tez xalos qiluvchi muhim sport turi ekan. Suzish bilan shug’ullangan inson kamdan-kam holatda depressiyaga uchraydi. Shuningdek musiqa tinglash, sevimli taomlarni iste’mol qilish, yoqtirgan filmlarni tomosha qilish ham depressiyadan qutilishga yordam beruvchi omillardir. Psixologlarning fikriga ko’ra anor va olma mevalar ichidan insonga eng ko’p foydasi tegadigan mevalar ekan. Aynan shu ikki meva depressiyadan chiqishga ko’maklashar ekan. Mevalarni o’zaro aralashtirilgan holda yiyish katta foyda beradi. Vaqtida uxlamaslik depressiv bo’lishga sabab bo’ladi. Yetarlicha horg’in bo’lgan insonga ko’p gap yoqmaydi chunki u to’yib o’z vaqtida uxlamagan va kun davomida tushkun kayfiyatda bo’ladilar.

    Nilufar Imenova

    Promotiv®